“Bilayn” operator xizmatlari uchun vositachilik haqisiz to‘lov terminallarini taqdim etdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniya xizmatlari uchun foizsiz to‘lov terminallarini taqdim etadi. Mazkur uskunalar yordamida abonentlar hisoblarini vositachilik haqisiz to‘ldira oladilar.

beeline_12_11_2013

“Kompaniyaning strategik ustuvorliklaridan biri servisni rivojlantirishdan iborat, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning ommaviy bozordagi savdo bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – Biz uchun abonentlarimizga qulaylik yaratish muhim masala va ular “Bilayn” xizmatlaridan foydalanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga intilamiz. Yaqin orada Toshkent va boshqa shaharlarning eng taniqli joylarida bu kabi o‘nlab terminallar o‘rnatiladi”.

Vositachilik haqisiz to‘lov qabul qiluvchi birinchi terminal kompaniyaning Markaziy ofisida xizmat ko‘rsatmoqda. Uskuna yordamida hisobni ham naqd pul, ham bank plastik kartasi yordamida to‘ldirish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system