“Bilayn” O‘zbekistonning 2013 yildagi eng faol ish beruvchisi sifatida tan olindi

beeline_8_11_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) nufuzli rekruting portali SuperJob.uz talqiniga ko‘ra “Eng faol ish beruvchi” nomiga sazovor bo‘ldi. Kompaniyaning muvaffaqiyatli ishi va “Bilayn” vakansiyalari bo’yicha ish izlovchilarning ko’pgina ijobiy firklari operatorni mazkur nominatsiyaning munosib sohibiga aylantirdi.

“Bilayn” nafaqat yorqin aloqa operatori, balki O‘zbekiston mehnat bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri ham hisoblanadi, — deya sharxladi SuperJob.uz bosh direktori Nikolay Shkutov. – Va men azaliy hamkorimizni haqli ravishda qo‘lga kiritilgan mukofoti va portal foydalanuvchilari tomonidan eng faol va mas’uliyatli ish beruvchi sifatida e’tirof etilgani bilan tabriklashdan mamnunman”.

SuperJob.uz mehnat bozorining tadqiqotini 2009 yildan beri o‘tkazmoqda. Kundan kunga xodimlarni Internet orqali izlash uchun murojaat etayotgan kompaniyalar yanada ko‘paymoqda, bu esa o‘z navbatida talabgorlarning qiziqishi ortishiga sabab bo’lmoqda. 2013 yil 8 noyabr holatiga ko‘ra, www.superjob.uz saytida jami 3000 dan ziyod ish beruvchilar ro‘yxatdan o‘tdi va ish izlovchilarning 17 000 dan ziyodi rezyume joylashtirdi.

Voqeani sharxlar ekan, “Unitel”ning Jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Yuliya Brusova shunday dedi: “SuperJob.uz rekruting portali bilan hamkorlik biz uchun nihoyatda ahamiyatli. Quvonch bilan aytishim mumkinki, bunday nufuzli mukofot biz uchun ikkinchidir – o‘tgan yili “Bilayn” “Telekom sohasining eng yaxshi ish beruvchisi” nomiga sazovor bo‘lgan edi. Shu bilan birga, kompaniya ishini yuqori baholagan ish izlovchilarga minnatdorchiligimizni bildiraman, biz ularning ishonchini kelgusida ham oqlaymiz”.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system