Planshet egalari an’anaviy SHKdau voz kechishga tayvor emaslar

pad_7_11_2013

AQSH’da I8dan katta yoshdagi planshet egalari o‘rtasida 1DC kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, faqat 8,7% ishtirokchilar o‘z gadjetlarini an’anaviy noutbukka almashtirishni xohlaydilar. Bundan tashqari, 58,5% respondentlar planshetni leptopga qo‘shimcha sifatidagina sotib olganlarini ma’lum qildilar.

Analitiklar 18 yoshdan kichiklar ishtirok etsalar ehtimol tadqiqot natijalari boshqacha bo‘larmidi — deb ta’kidlamoqdalar. Gap shundaki, ko‘pchilik o‘smirlar uchun aynan planshet asosiy kompyuter qurilma hisoblanadi. 2013-yilda ulgurji savdoda taxminan 190 mln. dona planshet qo‘yildi. Ular asosan Android va iOS operatsion tizimli qurilmalardir, Windows unchalik ham ko‘p uchramaganligi ma’lum bo‘ldi.

IDC analitiklari bir qancha planshet egalarini OТ imkoniyatlari qoniqtirishiga guvohlik berdilar. 80,2% iPad foydalanuvchilari o‘rtasida yangi gajetni xarid qilib olishda yana iOS bo‘lishini xohlashlarini aytdilar. Windows va Android-planshet egalari o‘rtasida mazkur ko‘rsatkich 78,9 va 70 foizni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Manba: www.idc.com

Orphus system