Ikki chop etish kallagiga ega Zim 3D-printeri

Buccaneer yoki Cube kabi 3D-printer modellarining ommalashuvi — uch o‘lchamli chop etishga mo‘ljallangan bozor tobora o‘rta statistik iste’molchiga yo‘naltirilayotganligidan guvohlik beradi. Yaqinda mazkur holatni Shveytsariya, Fransiya va AQSH’da mashhur bo‘lgan Zeepro kompaniyasi ham qo‘llab-quvvatladi. Zeeproning yangi mahsuloti — bu ish stoli uchun Zim 3D-printerining ikki chop etish kallagiga, shuningdek, monitor yoki gadjetdan chop etish jarayonini kuzatish kameralariga egaligi bilan farq qiladi.

3d_7_11_2013

Printerni ishlab chiqishda asosiy e’tibor uning foydalanishda oddiyligiga qaratildi. Jumladan, qurilma xususiy ARM-protsessori bilan jamlandi, natijada uni o‘rnatishda zarur bo‘lgan drayverlarga ehtiyoj qolmadi. Zimni Wi-Fi yoki Ethernet vositasida Internetga ulash, unga PC, Mac, planshet yoki smartfon orqali fayllarni jo‘natish mumkin. Chop etish jarayonini ta’minlash uchun kartrij tizimi qo‘llaniladi. Kelgusida turli rang va o‘lchamdagi 1,75 mm granulli ABS, PLA yoki PVA to‘ldiruvchilari bilan kartrijlardan foydalanish rejalashtirilgan.

Ikki chop etish kallagiga egaligi evaziga foydalanuvchilarda chop etish jarayonida ikki rangli obyektlarni yaratish, shuningdek, foydalanuvchi ikki turli materialni chop etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kamxarj budjet uchun mazkur modelning bir kallakli turi taklif etiladi. Obyektlar 110 mm/s. tezlikda 15 x 15 x 15 sm o‘lchamli hamda 80 mkm qalinlikdagi qatlamga ega kamera imkoniyatiga muvofiq yaratiladi. Ishni boshqarish uchun 20ta turli murakkablikdagi rejimda (barcha uchun) amallar bajariladi. Belgilangan muddatda (kampaniya muddati nihoyasiga yetmoqda) zarur 153 mingdan ortiq dollarni jamlagan yangilik Kickstarter loyihasi hisoblanadi. Xaridorlarga model uchun oldindan buyurtma $599 dollarga tushadi; ikki kallakli variant narxi $799.

Manba: www.oneaadget.ru

Orphus system