iKettle — Wi-Fi kiritilgan «aqlli» choynak

wifi_7_11_2013

Hayotimizda kun sayin barcha buyumlar «aqlliroq» bo‘ib, ilgari hatto tasavvur ham etib bo‘lmaydigan darajada yangi funksiyalar kiritilib, boyib bormoqda. Masalan, hozirgi davrda ham ko‘pchilik oddiy choynakdagi suvni olovda qaynatadi, «qaynab chiqqanligini» esa xushtak ovoziga qarab bilib oladilar, bunday eski usulda ishlaydigan choynak yaqinda «zamonadan ortda qolgan» buyum sifatida mehmonlarga esdalik, yodgorlik buyumlari, samovar kabi sovg‘a qilsalar ehtimol.

Hozirning o‘zidayoq suvni isituvchi yanada ilg‘or iKettle choynagini sotib olisb mumkin, unga boshqa ustunliklar qatorida Wi-Fi moduli ham kiritilgan. Mazkur xususiyati sababli choynakni smartfon vositasida boshqarish mumkin. Endi qaynab yetilganligi haqida xushtak bilan emas, balki telefon ekranida axborot beriladi. Bundan tashqari, iOS va Android uchun maxsus ilovalar yordamida nonushtaga qaynoq choy tayyor bo‘lishi uchun choynakni qo‘yish vaqtini sozlash mumkin. Choynakdagi suvni ma’lum bir haroratda ushlab turishga ham sozlash mumkin. Bundan tashqari, hatto ma’lum maqsadlarda suvni isitish rejimini ham belgilab qo‘yish mumkin. Masalan, ko‘k choy damlash uchun suv 80 darajada bo‘lishi zarur. iKettlening o‘zi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan korpus bilan qoplangan, tumshug‘ida filtr o‘rnatilgan. Qurilma oldindan buyurtma uchun tayyorlanadi, uning narxi $60.

Manba: www.cnaadcct.coni

Orphus system