Google Glass haqida beshta ma’lumot

glass_7_11_2013

Google Glass bozorga chiqmasdanoq yangi qurilmani qabul qilishga aholini tayyorlash ishlari boshlandi. Mutaxassislar testdan o‘tkazish uchun ko‘chma kompyuterlarning savdodan oldingi versiyalarini olib, Google Glassdan kundalik hayotda qanday foydalanish kerakligi haqida o‘z variantlarini o‘ylab chiqmoqdalar.

Ko‘tarib yurish mumkin bo‘lgan kompyuterning muvaffaqiyati asosan uni foydalanuvchi korporativ mijozlar qanday qabul qilishlariga bog‘liq. Agar ko‘pgina kompaniyalar xodimlari uchun smartfonlar, noutbuk va hatto planshetlarni sotib olsalar, Google Glassga ham shunday qiziqish bilan qarab, sotib olishlari noma’lum. Bu savol javobini hozircha hech kim bilmaydi. Biroq analitiklar Google Glass bozorga chiqarilishi bilan korporativ mijozlar «aqlli ko‘zoynaklar»dan qanday foydalanish kerakligi haqida takliflarni berishga qaror qildilar.

glass_7_11_2013_1

Birinchi ma’lumot — Google Glass ko‘p sayohatga chiqadigan, doim harakatdagi kompaniyalar «mobil» xodimiari uchundir. Google Glassni eng ko‘p qo‘llaydiganlar — uni ko‘zoynak garniturasi sifatida ishlatadilar. Biroq kiritilgan kamerasi evaziga Google Glass texnika sohasi mutaxassislariga turli uskunalarni diagnostika qilishda juda ma’qul bo‘ladi. Ular ekspertlar bilan maslahatlasha oladilar va predmetni «o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish» imkoniga ega bo‘ladilar. Ko‘zoynaklar, shuningdek, video yozishni o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin.

Mazkur funksionallik neft-gaz, tibbiyot va ishlab chiqarish sohasida talab etiladi. Shu tariqa, obyekt o‘zlari jo‘natuvchi ekspertlardan haqiqiy vaqt davomida ko‘rsatmalar olib turuvchi kam malakali xodimdan ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, qulay navigatsiyaga ega bo‘lish, kuryerlarga juda asqotadi. Moliya sohasi xodimlari ham Google Glassni kompaniya mablag‘iga olishdan xursand bo‘ladilar, sababi ko‘zoynaklar, masalan, aksiyalar bilan ishlashda ma’lumotlarni tezkor jamlaydi.

glass_7_11_2013_2

Ikkinchi ma’lumot — yirik savdo tarmoqlari mijozlarni jalb etish maqsadida yangi qurilmadan g‘oyat xursand bo‘ladilar. Do‘kondan chiqishda Google Glass barcha chegirmalar, tartib qoidalar dasturi, kuponlar va boshqalar haqida barcha ma’lumotlarni oladilar. Hozirgi vaqtda ko‘zoynaklar uchun Crystal Shopper ilovalari mavjud bo‘lib, QR-kodlarni skanerlashda qo‘llaniladi, bu esa xaridorlarga tovar haqida unga bir qarashdayoq axborot olish imkonini beradi. Do‘kon xodimlari tovar omborda mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘rishlari mumkin. Ombor xodimlari esa o‘z navbatida, ombor binosidagi mahsulotlar haqida axborotga ega bo‘ladilar

Uchinchi ma’lumot — Google Glass xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar oldiga ko‘plab savollar qo‘yiladi. Mazkur muammo ko‘pdan buyon muhokama etiladi. Google Glassga kiritilgan kamera yashirin suratga olishda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya korporativ muhitda «aqlli ko‘zoynaklar»dan foydalanilishini hamda konfidensial axborot himoyasi masalalarini jiddiy ko‘rib chiqishi zarur. Masalan, agar Google Glassdan ishlab chiqarish sohasida foydalanilsa, unda axborot manbaidagi kamchilik sababli tijorat sirlari fosh bo‘lishi mumkin. Reteylerlar ulardan kupon xarid qilgan va himoyaga ehtiyoji bo‘lgan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlashda foydalanadilar.

To‘rtinchi ma’lumot — do‘konlarga chiqarilishida yuqori darajada qimmat bahosidir. Hozirgi vaqtda Google Glassni $1500ga sotib olish mumkin. Bu narx smartfon bahosidan biroz balandroq. Bundan tashqari, texnologiyasi hanuz yetarli darajada ishlanmagan va Google Glass qo‘lash usuli hali unchalik takomillashmagan. Biroq doim ham texnologiya rivojlanishi bilan narx pasaymaydi. Analitiklar 2014-yildayoq mahsulotning tijorat varianti bozorga chiqarilishi bilan narxi smartfon va planshetlar darajasida tushirilishini aytmoqdalar. Biznes-foydalanuvchilari uchun boshqa masala muhimroq — Google Glassning sotib olinishi bilan korxona mablag‘ini tejashning imkoni bo‘ladimi yoki hozirgi vaqtda planshet sotib olish maqsadga muvofiq kelarmikan?!

Beshinchi ma’lumot — ilovalarning mavjud emasligi. Aslida Google bu borada zo‘r berib ishlayotgan bo‘lsada, Google Glass qurilmaning asosiy funksionalligini ta’minlovchi cheklangan ilovalar bilan sotuvga chiqariladi. Bu vaqt hal qiladigan masala bo‘sada, boshqa tomondan Google Glass uchun ilovalar sonining o‘sishi iste’molchilarga qurilmaga ehtiyoj o‘sishi bilan bog‘liq. Biroq iste’molchilar ularning talablarini qondirmaydigan qurilmalarni sotib olmasliklari aniq.

glass_7_11_2013_3

Ko‘p ustunliklari bilan bozorga yangi qurilmalarning chiqarilishi albatta, katta muammolarni ham tug‘diradi. Dastlabki yillarda Google Glass ham faqat zararga ishlashi mumkinligi bundan istisno emas. Natijada loyiha samara bermasligi ham mumkin, ayrim qurilmalar bilan aynan shunday hol yuz bergan. «IT-inqiloblar» yaratilishi tajribasining muvaffaqiyati va undan daromad olish faqatgina Apple’da sodir bo‘ldi.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system