Besh ming yevroga Android-smartfon

Verm kompaniyasi Constellation seriyasida yangi smartfonni taqdim etdi. Apparat Android 4.2 operatsion tizimi bazasida ishlaydi, bozorga 5100 yevro narxda chiqarilgan. Smartfonning o‘ziga xos xususiyati — titanli korpusi ekranini qoplovchi charmdan ishlov berilgan (besh xil variantda: och jigarrang, qora, olovrang, to‘q jigarrang va pushtirangda) tanlov va himoyalovchi sapfir oynasi mavjud. Vertu alohida apparati qo‘lda jamlanadi.

vertu_7_11_2013

Himoyalovchi sapfir oynasining o‘lchami (diagonal bo‘yicha 5,1 duym) ekrani o‘lchamidan katta (4,3 duym). Ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, displey oynasi hisobiga 200 gramm og‘irlikdagi po‘lat shar zarbasiga va bir metr balandlikdan tushib ketib, urilishga chidamli. Boshqa ishlab chiqaruvchilar ham sapfir oynasini o‘z mahsulotlarida ishlatadilar, biroq materialning qimmatligi va o‘lchamining kichikligi: iPhone 5Sdagi oyna obyektiv kamerasini va «uу» tugmasini himoya etadi. Constellation ekrani razresheniyesi 1280dan 720 nuqtani tashkil etadi. Smartfon Snapdragon S4 ikki yadroli protsessor va 1,3 megapikselli ikki kamera bilan jihozlangan. U Wi-Fi, Bluetooth va NFC bilan qo‘llab-quvvatlanadi hamda ichki 32 gigabayt xotiraga ega. LTE apparati tarmoqqa ulanishga qodir emas. An’anaga ko‘ra, Vertu xaridorlarga smartfonlarning ajoyib xizmatini taklif etadi. Constellation bu Vertu Life va Vertu Certainty servislaridir. Dastlabki servis yuqori mavqedagi tadbirlariga (masalan, sport uchrashuvlari) navbatsiz yoki bepul chipta olish imkonini beradi.

Ikkinchi servis turli xizmatlarni, xususan, bepul xotspot Wi-Fi tarmog‘iga ulanish, antivirus, shaxsiy xavfsizlik vositalari va aloqa kanallarini shifrlash kabilarni taqdim etadi. Vertu kompaniyasi 1998-yildan buyon amal qiladi, kiborona (elita) mobil telefonlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Vertu apparatlarining narxi yuzlab ming AQSH dollariga teng bo‘lishi, texnik ko‘rsatkichlari imkoniyatiga ko‘ra undan arzon qurilmalardan ortda qolsada, qimmatbaho materiallardan tayyorlanganligi bilan bahosi juda yuqori bo‘ladi.

Dastlab Vertu Nokia kompaniyasiga tegishli bo‘lgan, biroq 2012-yilda EQT VI investitsion guruhining mulkiga aylandi. Yangi Constellation smartfoni Androidga ikkinchi Vertu apparat bo‘ldi. Nokianing boshlang‘ich davrida Vertu Symbian operatsion tizimi bilan apparatlar chiqargan.

Manba: www.vertu.com

Orphus system