«Soliq» mobil dasturi

Android оperatsion tizimida ishlaydigan zamonaviy smartfonlar uchun mo‘ljallangan «Soliq» mobil dasturi yordamida Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy www.soliq.uz saytidagi sohaga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishish bilan birga, boshqa qator kerakli interaktiv xizmatlardan qulay va oson foydalanish mumkin. Xususan, ushbu dastur orqali Davlat solq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari manzillari, ishonch trelefonlari raqamlari, foydalanuvchi o‘zining identifikatsion raqam(STIR)i, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Soliq organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari turlarining ko‘payishi, foydalanuvchilarning keng doirasi uchun yetkazib berilayotgan axborotning ahamiyati va unga bo‘lgan talabning ortib borishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida bunday imkoniyatlarni taqdim etishning yangi shakllarini ishlab chiqish va joriy etishda rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda davlat soliq organlari tomonidan mobil va turg‘un (statsionar) telefon aloqasi orqali interaktiv xizmatlarni taqdim etishda yetarli tajriba orttirilgan. Xususan, smartfonlar orqali interaktiv xizmatlardan foydalanishning ommalashib borayotganligini inobatga olgan holda, mobil dasturlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan mahalliy kompaniyalar bilan bu sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Natijada «Global Solutions» kompaniyasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun «Soliq» mobil dasturi ishlab chiqildi. Kelgusida ushbu dastur orqali taqdim etiladigan interaktiv xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish rejalashtirilgan. Dastur foydalanishda oson va qulayligi bilan ajralib turadi. U erkin yuklab olish uchun Internet tarmog‘iga joylashtirilgan va dastlabki 15 kun ichida 1925ta moslamaga o‘rnatilgan. Hozirgi kunda dasturdan foydalanuvchilar soni 5000 nafardan oshganligi unga bo‘lgan talabning ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Manba

Orphus system