“Bilayn” yanvardan sentabrgacha tarmoq rivojiga $159 mln sarfladi

6 noyabr kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlardan biri Vimpelcom Ltd (O’zbekistondagi “Bilayn” SB) 2013 yilning III-choragi uchun moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.

O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatorining mobil aloqa abonentlari soni sentabr oyi yakunlariga ko‘ra 10,328 millionni tashkil etdi. Shu tariqa, abonent shartnomalari miqdorining o‘sish sur’ati — 1 099 000 yoki 29%.

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) 2012 yilning uchinchi choragiga nisbatan 51% ga o‘sdi. Bunda operatsiyalarning marjinallligi yildan yilga deyarli 8,9 foizlik punktga o‘sdi.

Bir oy davomida bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rta xisob (ARPU ko‘rsatkichi) uchinchi chorakda $6ga yetdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oy davomida bitta abonent uchun sarflangan daqiqalar miqdori) chorak davomida 7% o‘sdi (aprel-iyuldagi 472 daqiqaga nisbatan 504 daqiqa).

Voqeani sharxlar ekan, “Unitel” MCHJning bosh direktori Andrey Safronyuk shunday dedi: ““Bilayn” O‘zbekistonda investitsiyalarni oshirishda davom etmoqda: joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomidagina kapital xarajatlar 159 million dollarni tashkil etdi. Agar butun 2012 yil davomida mazkur ko‘rsatkich 137 million dollarni tashkil etganini yodga olsak, nafaqat joriy qurilishning ko‘lami haqida, balki kompaniyaning tarmoq modernizatsiyasi va kengayishiga kiritgan sarmoyasi haqida xulosa qilish mumkin. Bugun biz o‘z oldimizga qo‘ygan ikkita strategik yo‘nalishni ko‘rmoqdamiz: xizmatlar sifatining kelgusida o’sishi va servis rivoji, bu esa “Bilayn”ga uzoq muddatli istiqbolda yetakchilik mavqeini saqlab qolish imkonini beradi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system