“Bilayn” Mega aksiyasi start oldi: 13 ta avtomobil va har kuni million!
04.11.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) kompaniyaning 7 yilligi munosabati bilan Mega aksiya boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 27 dekabrgacha har bir insonda aksiyada ishtirok etib million so‘m, shuningdek Chevrolet Spark rusumidagi 13 avtomobildan bittasini yutib olish imkoniyati bor.

“Mega aksiyada g‘olib bo‘lish imkoniyati har biringizda bor, — deydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Turli viloyatlar aholisining imkoniyatlarini tenglashtirish uchun, biz o‘yinga O‘zbekiston mintaqalarining soniga qarab bir yo‘la o‘n uchta avtomobil taklif etmoqdamiz. Eng asosiysi – yutish ehtimoli aloqa xizmatlariga qancha mablag‘ sarflayotganingizga bog‘liq emas: biz uchun istisnosiz barcha mijozlarimiz muhim, va biz ko‘lam jihatidan tengi yo‘q mazkur sovrinli aksiyada barchani ishtirok etishga chorlaymiz”.

beeline_30_10_2013

Har xaftalik qimmatbaho va bonusli sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga xaftasiga $2dan ziyod mablag‘ sarflab (dushanbadan yakshanbagacha). “Bilayn”ning faol abonenti bo‘lish lozim. Status turkumidagi tarif rejalar abonentlari Mega aksiyada avtomatik ishtirok etadi.

Pul mukofotlari o‘yini (har kuni 1 million so‘m) 2013 yil 15 noyabrdan boshlab har xaftada jonli efirda FM 101 O‘zbegim Taronasi radiosi orqali o‘tkaziladi. Har xaftalik o‘yinida aloqa xizmatlariga o‘yindan avvalgi xaftada $2 va undan ziyod mablag‘ sarflagan abonentlar ishtirok etadi. G‘oliblar tasodifiy tanlov yo‘li bilan ommaviy tarzda aniqlanadi.

Chevrolet Spark rusumidagi 13 avtomobillar o‘yini 2013 yi 27 dekabr kuni million so‘m va bonusli sovrinlar o‘ynalgan avvalgi har kungi o‘yinlarda bir marotaba bo‘lsa-da ishtirok etgan hamda g‘olibni aniqlash paytida faol hisoblangan barcha abonentlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq