“INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligining yakunlari

1 noyabr “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligida — Mutaxassis kuni deb e’lon qilindi. Haftalik doirasida axborot-kutubxona mutaxassislari uchun seminarlar, taqdimotlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Soha mutaxassislari uchun KBK va ISSN bo‘yicha seminar o‘tkazilishi ham axborot-kutubxona mutaxassislari uchun Milliy kutubxonaning faoliyati, undagi yangi dasturlari bilan tanishib chiqish imkonini berdi.

Seminarda Milliy kutubxona mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Ma’ruzalar quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi: Milliy kutubxona xodimi Zoitova Nargiza tomonidan “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta’minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitishda sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati” mavzusida, Milliy kutubxona mutaxassisi Xamidova Odina tomonidan “Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish shakllari va mutolaa qilingan adabiyotlar tahlili” mavzusida, Raximova Shoira tomonidan “Davlat bibliografyasi va uni yuritishdagi muammolar” mavzusida, Gaziyev Asqarning “Foydalanuvchilarga resurslarni elektron yetkazib berishni rivojlantirish” mavzusida, Japparova Aliya tomonidan “O‘zbekiston Milliy kutubxonasida onlayn-resurslar” mavzusida, “Axborot-kutubxona muassasalari fondidan axborot-kutubxona resurslarni chiqarish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” bilan Milliy kutubxona xodimi Qilichboyev Abadboy ma’lumotlar berib o‘tdi.

nat_3_11_2013

nat_3_11_2013_1

Shuningdek haftalik doirasida soha mutaxassislari uchun Milliy kutubxonaning yangi loyihalari bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Xulosa qilib aytganda bugun haftalik doirasida mutaxassislar uchun talay yangiliklar shu bilan birga kutubxonada joriy etilgan yangi interaktiv usullarda ishlayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

nat_3_11_2013_2

nat_3_11_2013_3

Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida soha mutaxassislari va barcha foydalanuvchilarning xordiq chiqarishlari uchun “Bayram” guruhi bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda “Bayram” guruhi muxlislari ijodkorlarning ijodiy hayoti, faoliyati, san’atda erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga guruh yigitlaridan jonli ijroda qo‘shiq tinglashga muyassar bo‘ldilar.

nat_3_11_2013_4

nat_3_11_2013_5

1 noyabr kuni soat 15:30 Milliy axborot-kutubxona haftaligi “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” ning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda 2013 yil 28 oktyabrdan — 1 noyabrga qadar o‘tkazilgan Milliy axborot-kutubxona xaftaligi o‘z ko‘zlagan maqsadlariga erishganligi va o‘tgan besh kun ichida 46 ta turli ommaviy tadbirlar: seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy -uchrashuvlar, mahorat-maktablari, ko‘rgazmalar (kitoblar, amaliy-san’at asarlari va rasmlar ko‘rgazmalari kabi), teatrlashgan namoyishlari, kitoblar yarmarkasi, treninglar, ekskursiyalar, tanlovlar va lotereyalar tashkil qilinganligi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek haftalik davomida kutubxonaga tashrif buyurganlar soni — 25 029, a’zo bo‘lganlar soni — 744 foydalanuvchi, ekskursiyalar soni 38 va shu ekskursiya davomida 1025 kishi qatnashdi. Haftalik doirasida 5 ta tanlov ya’ni “Men kitobni sevaman” fototanlovi, “Kitob ila dunyo ochilur” shiori ostida “Dil izhorlari” tanlovi, “Kutubxona haqida eng yaxshi she’r”, “Kutubxona haqida eng yaxshi insho”, “Adabiyot bilimdoni” kabi tanlovlar bo‘lib o‘tdi va e’lon qilingan tanlovlar g‘oliblarini esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash marosimi, shuningdek “Omadli kitobxon!” lotoreyasi bo‘lib o‘tdi, unda omadli ID-karta sohibi kutubxona tomonidan yutuq — Planshetni qo‘lga kiritdi. Shu bilan estrada xonandalarining chiqishlaridan so‘ng kutubxona rahbariyati “INFOLIB UZBEKISTAN -2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligini yopiq deb e’lon qildilar.

nat_3_11_2013_6

nat_3_11_2013_7

nat_3_11_2013_8

nat_3_11_2013_9

Manba

Orphus system