TATUda Respublika Oliy ta’lim muassasalari jamoalarining dasturlash bo‘yicha jahon chempionati chorak finali va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari jamoalarining musobaqalari o‘tkazildi

TATU’da Respublika Oliy ta’lim muassasalari jamoalarining dasturlash bo‘yicha jahon chempionati chorak finali va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari jamoalarining 14-Butun Rossiya ochiq chempionati yarim final musobaqalari o‘tkazildi.

TATU’da 2013-yil 26-oktabr kuni Respublika Oliy ta’lim muassasalari jamoalarining dasturlash bo‘yicha jahon chempionati chorak finali va 27-oktabrida O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari jamoalarining 14-Butun Rossiya ochiq chempionati yarim final musobaqalari o‘tkazildi.

Joriy yildagi chorak final musobaqasida Respublikaning 27 ta oliy ta’lim muassasalaridan (OTM) jami 58ta jamoa qatnashdi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, 25-oktabr kuni sinov turi va asosiy tur 26-oktabrda bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 12ta masala berildi.

Musobaqada quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldilar:

1 – o‘rin: MDU Toshkent filiali 2-jamoasi (7ta masalani yechdi);

2 – o‘rin: TATU 14-jamoasi (7ta masalani yechdi).

3 – o‘rin: TATU Urgench filiali 2-jamoasi (6ta masalani yechdi).

Quyida keltirilgan jamoalar ham yuqori natijalarga erishdilar: MDU Toshkent filialining 4-jamoasi va TATU’ning 7 va 8-jamoalari, Samarqand ISI 1-jamoasi, O‘zMUning 3-jamoasi, MDU Toshkent filialining 3-jamoasi, 5tadan masala, MDU Toshkent filialining 6-jamoasi, TATU Qarshi filiali 2-jamoasi, Toshkentdagi Turin PU 2-jamoasi, TATU Urganch filiali 3-jamoasi, MDU Toshkent filialining 1-jamoasi 4tadan masala yechdilar.

Bundan tashqari, 7ta jamoa 3tadan masala, 7ta jamoa 2tadan masala, 10ta jamoa 1tadan masala yechdi, 19ta jamoa esa umuman masala yecha olmadi.

2012-2013 yilda jamoalarning natijalari qiyosiy solishtirilganda, 2011-yilda 5 xil masala, 2012-yilda maksimum 7 xil masala yechilgan bo‘lsa, 2013 yilda esa 8 xil masala yechildi.

O‘rta maxsus ta’lim muassasalari (O‘MTM) jamoalari o‘rtasidagi musobaqada jami 43 ta jamoa qatnashdi.

Bunda faqat 9ta jamoa natijaga erishdi, ya’ni qatnashgan jamoalarning qariiyb 21foizi masala yechdi.

Manba: www.tuit.uz

Orphus system