“Bilayn” ijtimoiy tarmoqlarda “Yulduzli Xit-Parad” yoshlar konsertiga chipatlarni o‘ynamoqda
01.11.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 31 oktabrdan 8 noyabrga qadar “Yulduzli Xit-Parad” yoshlar konsertiga chiptalarni o‘ynamoqda. “Zo‘r-Zo‘r STAR” loyihasining sovrindori Oskar Jalilov va o‘zbek estradasining san’atkorlari ishtirokidagi yorqin ijro 13-14 noyabr kunlari “Istiqlol” saroyining sahanasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchlik bilan alqoalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizning a’zolari qariyb 650 000 kishini tashkil qiladi va biz ushbu auditoriyaga eng katta e’tiborni qaratmoqdamiz. Bo‘lajak konsert ushbu kuzning navbatdagi bezagiga aylanadi va “Beeline Uzbekistan”ning ijtimoiy maydonlardagi barcha do‘stlariga ushbu shouga kirish imkoniyati taqdim etilmoqda”.
12 ta chipta “Facebook” va “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmoqlaridagi “Beeline Uzbekistan” sahifalarida o‘ynalmoqda. Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beeline.uz va www.odnoklassniki.ru/beeline.uz saytlarida.
Manba: kompaniya press-relizi