G‘ijduvonda “Bilayn”ning yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi

beeline_31_10_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ishga tushirilganligi haqida xabar qiladi. Bugun uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Bilayn” Buxoro viloyatida an’anaviy tarzda yetakchilik qilib kelmoqda, – deydi “Unitel”ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov. – Biz doimiy ravishda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini kuzatib boramiz va G‘ijduvon shahrida yangi yuqori texnologiyali ofisning ochilishi yana bir bor buning tasdig‘iga aylanadi”.

beeline_31_10_2013_1

Ofisning taqdimot marosimiga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Ular “Bilayn” servisining eng ilg‘or standartlarini joyida baholay oldilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system