«O‘zbekiston pochtasi» OAJ matbuot-anjumani

smi_30_10_2013

30-oktabr kuni «Aloqa tarixi muzeyi»da «O‘zbekiston pochtasi» OAJ matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot-anjumani «Bosma OAV’ni aholiga arzon va tez yetib borishida belgilangan chora-tadbirlar, ularni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashgirish masalalari to‘g‘risida» mavzusiga bag‘ishlandi.

Davriy nashrlarni tarqatish bozorida boshqa tarqatuvchilar qatorida «O‘zbekiston pochtasi» OAJ ham faoliyat ko‘rsatib, davriy nashrlarni tarqatilishini obuna rasmiylashtirish yo‘li bilan hamda chakana savdo orqali amalga oshiradi. Pochta korxonalarining eng dolzarb vazifalaridan biri gazeta va jurnallarni respublikaning barcha viloyat, tuman va chekka hududlarga qisqa muddatlarda yetib borishini ta’minlashdir.

Davriy nashrlarni o‘z vaqtida yetkazib berishda Jamiyat tarkibidagi 14ta hududiy filial va 1ta ixtisoslashtirilgan «Xalqaro pochtamt» filiali, 187ta tuman va shahar pochta aloqa tarmoqlari va ishlab chiqarish uchastkalari, 2986ta (shundan 2 227tasi qishloq aloqa bo‘limlari) pochta aloqa bo‘limlarini birlashtirib, pochta jo‘natmalarini o‘z vaqtida yetkazib berishda 30ta avia, 1ta temir yo‘l hamda 482ta avtomobil pochta tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Pochta, jo‘natmalari va davriy nashrlarni aholiga yetkazib berish uchun 6 427ta uchastka tashkil etilgan bo‘lib, unda 6 mingdan ortiq pochtalonlar mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi aholiga pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, davriy nashrlarni obunachilarga o‘z vaqtida yetkazib kelmoqda.

smi_30_10_2013_1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidengining 2009-yil 26-yanvardagi «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 1046-qaroriga asosan, 200tadan ortiq borish qiyin bo‘lgan va chekka aholi punktlari uchun pochta aloqasining an’anaviy va zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatish va davriy nashrlarni yetkazish bo‘yicha 20ta ko‘chma pochta aloqa bo‘limlari tashkil etilgan.

Davriy nashrlarni obunachilarga o‘z vaqtida yetkazishda, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida jamiyat avtoparkidagi mavjud 544ta avtomashinaning 248tasi yangilandi, «Xalqaro pochtamt» filiali faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish servisini oshirish maqsadida 4ta «Isuzi» avtomashinalari olindi. Shuningdek, davriy nashrlar va pochta jo‘natmalarini o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida, jamiyat tomonidan pochgalonlarga 2650ta velosiped ajratildi.

smi_30_10_2013_2

Jamiyat tomonidan har bir viloyat uchun 2013-yilga alohida obuna katalogi ishlab chiqildi. 2013-yilga obunaning e’tiborga loyiq tomonlaridan biri, nashrlarga narxlarning imkon darajasida arzon qilib belgilanligi hamda yetkazib berish narxlarini har bir viloyat uchun sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda hisoblanganligidir.

2013-yilda Respublikamizda chop etiladigan jami 34 turdagi davriy nashrlarni yetkazib berishda narxlar bo‘yicha imtiyozlar berildi. Obunachilarga qulaylik yaratish maqsadida Jamiyat ning web-saytida filiallar bo‘yicha obuna katalogining elektron nusxasi joylashtirilgan unda obunachilar o‘zlariga kerak bo‘lgan davriy nashrlar ham da ularning obuna narxlari bilan tanishishlari mumkin.

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ bundan keyin ham matbuot tarqatish ishini yanada takomillashgirish, davriy nashrlarni mushtariylar kuliga qisqa muddatlarda sifatli yetkazib berish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Orphus system