13 Chevrolet Spark: “Bilayn” o‘zining 7 yillik tarixidagi eng yirik sovrinli aksiyani tayyorlamoqda
30.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniya 7 yil avval O‘zbekiston bozoriga chiqqan vaqtdan beri eng katta sovrinli aksiyani boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

beeline_30_10_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Aksiya 2013 yilning yakuniga qadar davom etadi va ushbu davr mobaynida o‘nlab yirik pullik mukofotlar hamda yuzlab sovg‘alardan tashqari mamlakat viloyatlari soniga mos holda 13 ta Spark avtomobillari o‘ynaladi. Qoidalar haqida batafsil ma’lumotlarni yaqin orada yetkazamiz, biroq hozirdan va’da berishim mumkin: barcha ishtirokchilarda yutish imkoniyati bir xil bo‘ladi”.

Kutilayotgan aksiyaning qoidalari haqida batafsil ma’lumot – 4 noyabr kuni www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq