Qiziqarli FAKTlar

akt_29_10_2013

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni chop etishda davom etamiz. Ma’lumki, raqamli asrimizda ko‘plab «aqlli» qurilmalar, buyumlar paydo bo‘lmoqda. Bular aqlli telefonlar – smartfonlar, aqlli televizorlar – Smart TV va boshqa aqlli buyumlardir… biroq shundaylar toifasiga kiruvchi «aqlli» shaharlar ham mavjud. Mazkur sahifamizda jahondagi eng «aqlli», bundan tashqari Toshkentimiz bilan birodarlashgan shahar haqida so‘z boradi.

«Aqlli» Seul

akt_29_10_2013_1

akt_29_10_2013_2

Koreya Respublikasining Seul shahri jahonning rivojlangan shaharlari o‘rtasida eng texnologik shaharlardan biri hisoblanadi: 2003-yildan boshlab Seul Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumatga oid masalalari bo‘yicha Tadiqotlarida birinchi o‘rinni egallamoqda. Seulda Butunjahon kompyuter o‘yinlari o‘tkaziladi. 2011-yil iyun oyida «aqlli» texnologiyalardan foydalanib, barqarorligi va raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash asosida AKT sohasida jahondagi yetakchilik mavqeini saqlab qolishga yo‘naltirilgan «Aqlli Seul-2015» dasturini amalga oshirish ishlari boshlanganligi e’lon qilingandi. «Aqlli Seul» dasturi «u-shahar» (u-Seul) loyihasining davomi hisoblanadi, uning doirasida raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadiga yo‘naltirilgan shaharning hamma joyida kompyuter texnologiyalari qo‘llanilgan.

akt_29_10_2013_3

«u-Seul» loyihasi aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga shahar infrastrukturasiga (bu hatto, transport va xavfsizlikni ta’minlashga ham taalluqli) yo‘naltirilgan, biroq u shahar aholisi hayotining sifatini yaxshilanishiga olib keldi. «Aqlli Seul» loyihasi asosan inson omiliga mo‘ljallangan bo‘lib, uning maqsadi iloji boricha, ko‘proq «aqlli» texnologiyalarni joriy etishdangina iborat bo‘lmay, balki shahar va uning fuqarolari o‘rtasida uzviy aloqadorlikni yaratishdir.

Barcha uchun «aqlli» qurilma
Seul tarmog‘i barcha uchun ochiq bo‘lib, Wi-Fi texnologiyasi va yaqin maydondagi aloqa (NFC) kabi yuqori tezlikdagi keng polosali optik simli va simsiz tarmoqdan foydalanishdan iborat. «Aqlli Seul» loyihasining asosiy vazifasi — aholining «aqlli» qurilmalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va barcha yangi foydalanuvchilarni mazkur qurilmalardan foydalanish malakalariga o‘rgatish hamda umuman barcha fuqarolar bilan aloqa o‘rnatishdan iborat.

2012-yilda Seulda ilgari ishlatilgan eski «aqlli» qurilmalar shaharlik eng kam daromad darajasiga ega bo‘lganlar va boshqa yordamga muhtoj aholi qatlamlariga tarqatila boshlandi. AKT bozori jadal rivojlana boshladi va o‘rtacha statistik foydalanuvchi «aqlli» qurilmalarni mavjud bo‘lganining ishlash muddati nihoyasiga yetmasdanoq, yangisini xarid qilib olishlari ko‘zga tashlandi. Fuqarolar soliq imtiyozlari bilan rag‘batlantirildi. AQSHda har bir yangi sotib olingan qurilma uchun eskisini bepul topshiradilar. Keyinchalik mazkur eski buyumlar ta’mirlanib, aholining kam daromadli oilalariga bepul tarqatiladi.

Hozirgi davrda Seul shahri munitsipaliteti «aqlli ish joylari markazi» eksperimental loyihasini amalga oshirmoqda: davlat xizmatchilari mehnati o‘nlab ish binolarida tashkil etilgan? — «aqlli ish joylari markazi» ishchi-xizmatchilar uylariga yaqin joylarda joylashgan. Mazkur «aqlli ish joylari markazi»da xizmatchilar zamonaviy dasturiy ta’minotdan guruhiy ishlar tizimida telekonferensaloqadan foydalana oladilar. Shu sababli ham natijada, o‘zlari shahar ma’muriyati binosi, ya’ni ish joylarida bo‘lmasalarda, bu holat ularning xizmat vazifalarini bajarishlariga aslo ta’sir etmaydi. 2015-yilda Seul 30% shahar munitsipaliteti xodimlarini «aqlli» ish o‘rinlari bilan ta’minlashni rejalashtirgan.

Iste’molning «aqlli» hisobga olinishi
Seulda iste’molni «aqlli» hisobga olinishi loyihasining joriy etilishi amalga oshirilmoqda, uning maqsadi shaharning umumiy energiya iste’molini 10 foizga kamaytiradi. Loyiha bo‘yicha ishlar 2012-yilda tajriba-sinovlari doirasida boshlandi va 1000ta «aqlli» hisoblagichlar o‘rnatildi. Hisoblagichlar haqiqiy vaqt mobaynida uy egalari, muassasa, korxonalarga suv va gaz, elektrenergiya sarfi haqida ma’lumotlarni berib turadi. Mazkur ma’lumotlar pul birliklarida va energiya sarfi ko‘rsatkichlari haqida energiya iste’moli rejimida ishlaydi, shuningdek, elektrenergiya sarfini qisqartirish maqsadida, mazkur rejimni o‘zgartirish haqida tavsiyalar beradi.

«Intellektual» hisoblagichlar o‘rnatish bo‘yicha umummilliy tajribaviy loyiha 2008-yilda amalga oshirildi va natija shuni ko‘rsatdiki, 84% ishtirokchilar energiya iste’moli sarfini har kuni kuzatib, uni kamaytirdilar, 60% ishtirokchilar esa loyiha ularga elektrenergiya sarfini 71 foizga qisqartirish imkonini berganligini hamda kelgusida shunday loyihalarda bajonidil ishtirok etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Xavfsizlik sohasidagi xizmatlar
2008-yil aprel oyida ishga tushgan «u-Seul» loyihasi doirasida xavfsizlik xizmati amal qiladi. Xizmat sohasining ishida ilg‘or texnologiyalar asosida davlat tomonidan fuqarolar hamda bolalarga favqulodda holatlarda zaruriy xabarlarni yetkazish, joylashgan manzilni aniqlash va TV-kuzatuv texnologiyalaridan foydalanishdan iborat. Buning uchun maxsus «aqlli» qurilma ishlab chiqilgan bo‘lib, kimki, mazkur uskunaga ega bo‘lgan holda belgilangan xavfsiz hududdan tashqariga chiqsa, avariyaviy chaqiriq tugmachasini bosadi, xavfli holat signali tezda yordam organlari, politsiya, yong‘in holatida o‘t o‘chiruvchilar, TV-kuzatuv texnologiyasi boshqarmalariga yetib boradi.

«u-Seul» tizimidan foydalanuvchi fuqarolar shu maqsadga maxsus ixtisoslashgan operatorda ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Aholining kam daromadli qatlami uy-ro‘zg‘orida mazkur qurilma mavjud emasligi sababli shahar hokimiyati ularga avariyaviy holat qurilmasini bepul yoki chegirma orqali tarqatadi, 2014-yilda ularning soni 50 mingga yetishi kutilmoqda.

Innovatsion ilovalar
Inpyon — Seulning bir tumani bo‘lib, 2006-yilda «u-shahar» loyihasiga kiritilgan, 2011-yil mart oyidayoq loyiha 45 ming foydalanuvchini qamrab olgan. «Aqlli» shaharlarni birlashtirish aholiga uylari devorlariga o‘rnatilgan «aqlli» qurilmalar ekranlariga kelib tushgan barcha axborotlarni olish imkonini beradi. Aholi xavfsizligi yo‘lida har bir chorrahada TV-kuzatuv intellektual kameralari o‘rnatilgan, ular xususiy hududlarga ruxsatsiz kirishga urinishlarni avtomatik tarzda qayd etadi. Agar o‘zida avariyaviy xabar qilish qurilmasiga ega bo‘lgan nogiron yoki qariya kishi Inpyon hududini tark etsa yoki o‘zining qurilmasida avariyaviy chaqiruv tugmasi bosilganda, uning qayerdaligi haqidagi ma’lumot matnli xabar ko‘rinishida uning vasiylariga avtomatik tarzda yo‘naltiriladi. Shaharda o‘rnatilgan yuqori texnologik ko‘cha fonarlari energiya quvvati sarfini kamaytiradi, eshittirish rejimida tovushli signallar yetkazadi va aholini internetga simsiz ulanish bilan ta’minlaydi. Mazkur hududda yashaydiganlar va mehmonlar raqamli gazeta vositasida so‘nggi yangiliklarni, ko‘plab turli foydali axborotlarni olish imkoniga egalar. Nihoyat, shunday omillar monitoringgini amalga oshiruvchi «u-ekologik barqarorlik» shahar xizmati uy binolariga o‘rnatilgan datchiklar tarmog‘i yordamida suv va atmosfera havosi haqida ma’lumotlarni bevosita OAV kengashiga hamda undan turlu qurilmalarga uzatadi.

akt_29_10_2013_5

Seul shahri munitsipaliteti «u-shahar» yagona operativ markaz tizimida ishlaydi va tarqalib ketgan AKT tarmoqlarini doimo boshqarish, shahar bo‘yicha muhim ma’lumotlarini jamlash arxivlashtirish ishlarini amalga oshiradi. Seulda amal qiluvchi bo‘lajak avlod band qilish tizimi fuqarolarga ijtimoiy xizmatlarni operativ izlash, band qilish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan birlashtirilgan band etish tizimi ta’lim, infratuzilma, madaniy turizm, tovarlar, davolanish kabi kategoriyalar bo‘yicha 150 dan ortiq xizmatlarni o‘zida birlashtiradi. Kelajakda ushbu band qilish tizimi Seul shahar munitsipaliteti va uning bo‘linmalari taklif etadigan 30 mingdan ortiq ijtimoiy xizmatlarni qamrab oladi.

2001-yildan Seul shahri munitsipaliteti axborot muhitini uch o‘lchamli vizualizatsiya (3D) imkoniyatini kengaytirishga — ko‘chalar uch o‘lchamli tasvirini ta’minlovchi va «aqlli» xizmatlar turlarini kengaytirishga imkon beruvchi kartografik ilovani tatbiq etishga kirishdi. 2008-yilda uchta yangi xizmatlar kiritildi: foydalanuvchilarga ko‘chalar tasvirini ko‘rish uchun geografik axborot, Seul bo‘ylab virtual ekskursiya o‘tkazish imkoniyati bilan sayyohlik e’tiborli joylar haqidagi axborot, infratuzilmalarning rivojlanishi va ta’mirlanishini modellashtirishga imkon beruvchi shahar planini tuzuvchi mutaxassislar uchun ilova. 2009-yilda uch o‘lchamli axborot sifatini yanada yaxshilash ta’minlangan edi va tizim atrof-muhit holatini nazorat qilish foydali vositasi bo‘lib qoladi. Misol uchun, 2012-yilda ishlab chiqilgan suv toshqinlarini modellashtirish dasturi suv toshqini holatlarida maksimal zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan rayonlarni prognoz qilishga imkon beradi, bu suv toshqinlarini oldini olish harakatlari mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini ochib beradi.

2009-yilda Seulda aholiga turli «aqlli» xizmatlar ko‘rsatishga, jumladan, avtobus marshrutlari, xaritalari, meteorologik ma’lumotlar olishga mo‘ljallangan ilg‘or AKT uskunalari bilan jihozlangan «u-pana joy» avtobus bekatlari paydo bo‘ldi.

akt_29_10_2013_4

Seul shahrining munitsipaliteti barcha ma’muriy axborotlarini ochiqligini shu usulda ta’minlaydi, 2010-yildan esa barcha xususiy sektor va fuqarolarga umumiy foydalanishga mo‘ljallangan ilovalardan eng samarali foydalanganligi tanlovida sovrinlar taqdim etdi. Eng yaxshilarga ilovalar bepul tarqatiladi.

Davlat va xususiy sektorlar hamkorligida ishlab chiqilgan NFC bazasidagi mobil elektron to‘lov tizimi ham mavjud bo‘lib, u «aqlli» qurilmasi yoki mobil kartasiga ega bo‘lgan barcha uchun birdek ochiq. Istalgan xarid to‘lovini amalga oshirish uchun shaxsiy smartfonni maxsus hisoblash qurilmasiga yaqinlashtirishning o‘zi kifoya, shunda kerakli to‘lov operatsiyalari amalga oshirilib, qabul qilinadi. Mazkur «aqlli» tizim pul mablag‘larini bir foydalanuvchidan boshqasiga o‘tkaza oladi.

Xususiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan HomePlus do‘koni virtual tarmog‘i uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi (mahsulotlari haqidagi axborotlar reklamalarda beriladi va har bir tovar o‘z xususiy shtrixkodiga ega bo‘ladi) HomePlus ilovasi ham faol xizmat qiladi. Iste’molchilar mahsulotlarni uyga olib kelib berilishi xizmati bilan xarid qila oladilar. Dastlabki HomePlus do‘konlari 2011-yil avgust oyida ochilgan.

Yana bir xususiy kompaniya maktabning o‘quvchilar ota-onalari bilan aloqadorligini, dars jadvalidagi o‘zgarishlarni, turli ma’lumotlarni tezkor yetkazib berishni ta’minlaydigan School Newsletter (Maktab byulleteni) ilovasini ishlab chiqdi.

Seul shahrining meri Pak Von Sun: «Aqlli» jamiyatni shakllantirish kaliti axborot almashishning sifatli darajasiga bog‘liq deb hisoblaydi. Masalan, «aqlli» shahar loyihasi davlat va fuqarolar, muassasalar va fuqarolar, fuqarolar va munitsipal obyektlar o‘rtasadagi aloqadorlikni ko‘zda tutadi, bunda har qanday vaziyatda ham inson omili markaziy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, «aqlli» shahar umumiy foydalanishda tengi yo‘q jihatlari bilan tavsiflanadi.

Manba: https://itunews.itu.int/Ru/Note.aspx?Note=4232

Orphus system