“Bilayn” optik tolali tarmoqlarining uzunligi 200 km dan oshdi

beeline_29_10_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) optik tolali aloqa liniyalarining tarmog‘i yanada kengaytirilishi haqida xabar beradi. Toshkentda, Zarafshonda va Uchquduqda FTTB (Fiber To The Building) “Bilayn” shaxsiy tarmoqlarining umumiy uzunligi 200 kilometrdan oshdi, bu ushbu uchta shahar aholisining Internetga keng polosali ulana olishlari jarayonini tezlashtirish imkoni beradi.

“2008 yilda “Unitel” va “Buzton” kompaniyalarining birlashuvidan so‘ng “Bilayn” yuqori tezlikdagi FTTB liniyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni faollashtirdi. Yangi texnologiya uchun poligon sifatida Zarafshon va Uchquduq shaharlari tanlandi, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bugun esa Navoiy viloyatining ikkita shaharining yuz minglab aholisiga sekundiga 100 Megabitgacha tezlikdagi Internet amal qiladi”.

Tarmoqning Toshkentdagi navbatdagi keng ko‘lamli kengaytirilishi 2014 yilning boshiga mo‘ljallangan. Hozirgi paytda “Bilayn” optik tolali liniyalari o‘tkazilgan turar joy binolarining umumiy soni 1277 (poytaxtda 810 ta, Zarafshonda 293 ta va 174 ta Uchquduqda) tani tashkil qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system