“INFOLIB UZBEKISTAN — 2013” Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi

nat_28_10_2013

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN — 2013” ikkinchi Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi.

Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi H.Karimova, atoqli o‘zbek shoiri, jamoat arbobi Erkin Vohidov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad — mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilari hizmatini internet orqali imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnoligiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

nat_28_10_2013_1

Shundan so‘ng respublikamizning yetakchi kitob chop etish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi “O‘zbekiston”, “G‘ofur G‘ulom”, “Kaleon”, “KitoBooKniga”, “Davr”, “Yangi asr avlodi”, “Yangi davr kitoblari”, “Movarounnahr”, nashriyotlari, “O‘zdavkitobsavdota’minoti”, “O‘zbekkino fondi” kabi tashkilotlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, yarmarkalar o‘z ishini boshladi.

nat_28_10_2013_2

nat_28_10_2013_3

“INFOLIB UZBEKISTAN — 2013” tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yangi dasturlarining namoyishi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Axborot-kutubxona faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari: amaldagi qonunchilik va uni takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida video-konferensiya o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirning maqsadi Axborot-kutubxona faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va sohani rivojlantirish tamoyillarini takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdir.

nat_28_10_2013_4

nat_28_10_2013_5

nat_28_10_2013_6

Nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlar restavratsiyasi va konservatsiyasi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta universitetida joylashgan Mariotta kutubxonasida faoliyat yurituvchi fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis murabbiylik qildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga nodir nashrlarni restavratsiya qilish ishlari amaliy ko‘rsatildi.

nat_28_10_2013_7

nat_28_10_2013_8

Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasda O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek mumtoz san’atining malikasi, eng yuqori notali ovoz sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan ham ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida o‘zbek maqom kuychisi Munojat Yulchiyeva o‘z faoliyati, maqom tarixi, uning o‘ziga xos mashaqqatlari haqida ma’lumotlar keltirib, muxlislarning savollariga javoblar berib o‘tdi va ko‘p muxlislarning talabiga binoan jonli ijroda o‘z ijodidan maqom kuylab berdi.

Shuningdek AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda “AQSHda ta’lim” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilganlarga AQSHda oliy ta’lim, ta’lim tizimi hamda AQSH oliygohlari haqida ma’lumotlar berildi.

nat_28_10_2013_9

nat_28_10_2013_10

Har 30 daqiqada kutubxona bo‘ylab mavzuli sayohatlar, kutubxonaga a’zo bo‘lgandan so‘ng yangi kutubxona foydalanuvchilari uchun lotereya o‘yini, Style.uz ishtirokchisi, dizayner Laylo Rasulovadan xonatlas kolleksiyasining namoyishi, ko‘pmillatli xalqlar istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqlarining birdamlikda madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi hissasini namoyish qilish maqsadida madaniyat markazlarining chiqishlari xususan, Respublika rus madaniyat markazidan “Edelveys” ansamblining “Kolechko” deb nomlangan rus xalq raqsi, Ozarbayjon madaniyat markazidan “Ozarbayjon gizlari” ansamblining “Lezginka” raqsi, “Zajeve” raqs guruhining “Krakovyak” Polsha xalq raqsi, “Syanuri” raqs ansamblining Koreys milliy raqsi, “Yashlek” tatar-boshqir xalq ansamblining tatar xalq raqsi, Yasmina Fayradovadan “Lazgi” Xorazm raqsi chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

nat_28_10_2013_11

nat_28_10_2013_12

Manba

Orphus system