Radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 22 oktabr kuni “Radiochastota spektridan foydalanish va uni nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi bekor qilinib, Radiochastotalar bo‘yicha kengash tashkil etildi. Quyidagilar Kengashning vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

— Mamlakatdagi ijitmoiy-iqtisodiy muhim rivojlanish yo‘nalishlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining radiochastota manbaalaridan unumli foydalanishni tashkil etish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

— Radiochastota spektridan foydalanish va uni taqsimlash konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, radiochastota taqsimoti milliy jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni o‘tkazish;

— Radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro hamjamiyatda O‘zbekiston Respublikasining radiochastotadan foydalanish, undan rejali foydalanish masalalariga doir milliy qiziqishlarini himoya qilish;

— Radiochastota spektridan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishga rioya qilish bo‘yicha monitoring tashkil qilish, radiochastota foydalanuvchilarining qiziqish va qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishning kompleks chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va qabul qilish;

— Radiochastota spektridan unumli foydalanish, uni nazorat qilishda zamonaviy texnologiya va usullarni joriy etishda xorij tajribasini o‘rganish, mazkur sohada boshqaruvning yagona avtomatlashgan tizimini ishlab chiqish va rivojlantirish.

Qarorga muvofiq radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashi tarkibi hamda Kengash Nizomi qabul qilindi. Shuningdek, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Kengashning ishchi organi ham tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining tashkiliy-texnik faoliyatini muvofiqlashtirib borishi uchun Qo‘mita tarkibida Radiochastotalardan foydalanishni tartibga solish bo‘limi ham tashkil etildi.

Manba

Orphus system