Bilayn mish-mishlarni rad etmoqda
25.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_25_10_2013

“Bugun “Bilayn” SMS va “WhatsApp” hamda “Viber” messenjerlari yordamida tarqatilayotgan firibgarlik spam-xatlarning qurboniga aylandilar. Ulardagi yolg‘on axborot haqiqatga mos kelmaydi. Buni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi vakillari ham tasdiqlaydilar”, — deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.

“Unitel” litsenziyasining raqami xatlarda ko‘rsatilgandan jiddiy farq qiladi, go‘yoki buyruq chiqargan idoraning nomi esa allaqachon o‘zgargan va mutlaqo boshqa mavqega ega. Shunday qilib, bu juda qo‘pol qalbakilik.

Mijozlarimizga ig‘volarga ishonmaslikni tavsiya qilamiz. Kompaniya odatiy rejimda ishlashni davom ettirmoqda, bundan tashqari: aynan hozir biz abonentlarimiz uchun keng ko‘lamli sovrinli aksiyani tayyorlamoqdamiz, u haqda kelayotgan dushanba kuni xabar beramiz. Shunga qaramay, hozirgi paytda huquqshunoslarimiz mazkur yolg‘on xatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ariza tayyorlamoqdalar. Ishonamanki, vakolatli organlar mazkur ig‘vo ortida kim turganligini aniqlay oladilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq