Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi e’loni
25.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ccitt_25_10_2013_9

Joriy yilning 25 oktyabr kunidan O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa vositalari orqali “Unitel” MChJning go‘yoki tegishli buyruqqa asoslanib ko‘chma radiotelefon (mobil) aloqa tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi asossiz xabar ommaviy ravishda tarqatilmoqda.

Shu munosabat bilan, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi “Unitel” MChJning litsenziyasining amal qilishini tegishli buyruq asosida to‘xtatish to‘g‘risidagi axborotni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini rasman ma’lum qiladi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq