Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matbuot-anjumani o‘tkazildi
23.10.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

bibl_23_10_2013

2013-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «INFOLIB UZBEKISTAN — 2013» Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi.

Unda soha mutaxassislari, jurnalistlar ishtirok etdi.

bibl_23_10_2013_1

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona direktori A. Xodjayev yig‘ilganlarga haftalik dasturi va unga kiritilgan tadbirlar rejasi haqida so‘zlab berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot resurs markazi faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-1729-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, mamlakatimizda milliy va jahon madaniyatini, fan va ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot- kutubxona faoliyatini tashkil etish, aholiga, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularni intellektual salohiyatini, bilimini, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar, keng axborot resurslari bazasini yaratish sohasida bir qancha ijobiy natijalarga erishdi.

bibl_23_10_2013_2

Jumladan, bugungi kunda Milliy kutubxonaning fondi 6,9 mln. axborot resurslarini tashkil etadi (2012-yilda 32501 dona, 2013-yilda 62042ta axborot resurslari kelib tushgan). Ulardan 16 mingtasi qo‘lyozma, nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlar, (shuningdek, 1058-yilda yozilgan Movardiy qo‘lyozma asari), 3,8 mlndan ortiq kitoblar, 1,5 mlndan ortiq davriy nashrlar, 58 minga yakin musika va nota nashrlari, 525 mingdan ortiq ilmiy-texnik hujjatlar, 547 mingga yaqin mikroformalar, 75 tildagi 552 mingdan ziyod xorijiy nashrlar, 558 mingdan ziyod avtoreferatlar, 14mingdan ziyod dissertatsiyalar, 319 mingga yakin elektron nashrlar, 230 ta hujjatli, animatsion badiiy filmlar, 200dan ortiq audiokitoblar, 148ta Brayl yozuvidagi kitoblar, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun 8 ta avtomatlashtirilgan ish urinlari (Brayl klaviaturalariQ Jaws dasturi Q tiflofleshpleer), 220ta kompyuterlar (foydalanuvchilar uchun), 20ta netbuk 10ta info-kiosk hamda internet va WI-FI dan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, chet el elektron ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlari mavjud. O‘rtacha kutubxonaga tashrif buyurish kuniga 1800-2500 kishini tashkil etadi.

bibl_23_10_2013_3

Bugungi kunga kelib, foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish soni — 58400nafardan ortiqni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,9 barobarga oshganligini ko‘rsatadi, kitob berish esa — 4470040ga yakin nusxani tashkil etdi. Kutubxonaga tashrif buyurish 809428 nafardan ortiqni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobarga oshganligini ko‘rsatadi, kitob berish — 4,5 mlndan ziyod nusxani tashkil etadi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,2 barobarga oshganligini ko‘rsatadi.

Milliy kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ko‘p jildlik asarlarining elektron ko‘rinishdagi resurslaridan, badiiy adabiyotlardan tashkil topgan audio kitoblar, “Norma” va “LEX.UZ” huquqiy ma’lumot bazalaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Matbuot-anjumani yakunida yig‘lganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq