Koreya Respublikasida elektron hukumatga bag‘ishlangan global forum bo‘lib o‘tmoqda

gegf_22_10_2013

21 oktabr kuni Seul shahrida elektron hukumat tizimini joriy qilishga bag‘ishlangan global Forum ish boshladi. Shuningdek, 21-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Forum doirasida elektron boshqaruvni joriy qilish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan VII xalqaro konferensiya(ICEGOV) ham tashkil etiladi.

Mazkur Forum Koreya Respublikasining Davlat xavfsizligi va boshqaruvi vazirligi(MOSPA) hamda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti(UNDESA) tomonidan tashkil etilmoqda.

Tadbirda ishbilarmonlik doiralari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarining davlat boshqaruvi organlari vakillari, jami 1000 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Forumda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Forumda davlat va xo‘jalik boshqaruvt faoliyatida elektron hukumat tizimining joriy qilish, jamiyat rivojida axborot texnologiyalari o‘rnining oshish tendensiyalari muhokama qilinadi. “Aqlli hukumat va jamiyat: ochiqlik, almashinuv, aloqa va hamkorlik” Forumning bosh mavzusi hisoblanadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida koreyalik hamkorlar – Davlat xavfsizligi va boshqaruvi vazirligi(MOSPA), Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentlik(NIA), Koreya ilm va texnologiyalar bosh instituti (KAIST) hamda boshqa bir qator tashkilotlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system