“Bilayn”dan “Bayram!” aksiyasi 2014 yilning yoziga qadar davom etadi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Bayram!” aksiyasiga ulanish muddati uzaytirilganligi haqida xabar beradi. Aksiya doirasida balans $1 dan ortiq mablag‘ bilan to‘ldirilganida abonent bonus tariqasida to‘lov miqdoridan 10% oladi.

beeline_18_10_2013

Endilikda “Bayram!” aksiyasiga 2013 yil 31 dekabrga qadar ulanish mumkin, uning amal qilish muddati esa 2014 yil 31 mayga qadar davom etadi.

“Bir necha oy davomida odamlar hisoblarini to‘ldirganlarida sovg‘a olishga odatlandilar, – deydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Shuning uchun biz “Bilayn” abonentlari uchun bayramni uzaytirmoqchimiz: Yangi yilga qadar aksiyaga ulanishga ulgurganlar keyingi yilda ham “Bayram!”ga ishonsa bo‘laveradi”.

Eslatib o‘tamiz, olingan bonuslarni tarmoq ichidagi daqiqalar, SMS va Internetga sarflash mumkin. Bonusning amal qilish muddati – 3 kun. Hisob bir necha bor to‘ldirilganida, bonuslar jamlanadi, ularning amal qilish muddati esa oxirgi olingan bonus vaqtidan boshlanadi. “Bayram!” aksiyasiga ulanish uchun *110*2013# bepul kodni terish kifoya.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system