“Bilayn” “Do‘stim to‘laydi” xizmatini ishga tushirdi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Jizzax, Samarqand va Xorazm viloyatlari abonentlari uchun “Do‘stim to‘laydi” xizmatini taqdim etadi.

beeline_17_10_2013

Yangi servis yordamida kompaniya mijozlari nolli va manfiy balansda ham ular qo‘ng‘iroq qilayotgan “Bilayn”ning boshqa abonentining hisobiga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent raqamining oldidan * ni terish va “Allo!” so‘zini aytishning o‘zi kifoya.

Chaqirilayotgan abonent qo‘ng‘iroq kelganida telefon ekranida qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsning ismini yoki uning raqamini ko‘radi va o‘z hisobiga qo‘ng‘iroqni qabul qilish taklifini eshitadi. Tasdiqlash uchun taklif paytida yoki undan keyin 1 tugmasini, inkor qilish uchun esa 2 yoki qo‘ng‘iroqni tugatish tugmasini bosish lozim.

“Har bir insonda og‘ir holatlarda yordam berishga shay tanishlari bor, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Endilikda ularda “Bilayn” xizmatlaridan foydalanishda shunday imkoniyat bor: “Do‘stim to‘laydi” xizmati ularga istalgan paytda yaqin odamlarining qo‘ng‘iroqlariga javob bergan holda ko‘maklashish imkonini beradi”.

“Bilayn” abonenti do‘sti hisobiga sutkasiga 5 marotabadan ortiq qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirolmaydi. Xizmat mahalliy tarmoqda bo‘lgandagina amal qiladi, roumingda taqdim etilmaydi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system