Ucell qаdriyatlari — xayriya tadbirlari
14.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_14_10_2013

“Uсell” aloqa operatori Respublikamiz aholisiga sifatli mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bilan birgalikda, yurtimizning ijtimoiy hayotida ham qator loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

ucell_14_10_2013_1

ucell_14_10_2013_2

Ana shunday tadbirlardan biri, Buxoro viloyati, Jondor tumani dalalarida bo‘lib o‘tdi. Paxta yig‘im terim mavsumida faol ishtirok etayotgan xasharchilarga kompaniya tarafidan “chiroyli raqamlar” tuhfa etildi. Shuningdek, ta’lim sohasi vakillari – muhtaram va aziz uztozlarimiz ham kasb bayramlari – «Ustoz va murabbiylar» kuni munosabati bilan taqdirlandilar.

ucell_14_10_2013_3

ucell_14_10_2013_4

“Hozirgi kunda kompaniyamiz alohida e’tiborni Respublikamizning hududiy tumanlarida aloqa sifatini oshirishga qaratmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatida olib borilayotgan keng ko‘lamli tarmoqni rifojlantirish ishlari ham abonentlar, mijozlar tarafidan yaxshi qabul qilinmoqda. Shu o‘rinda kompaniyamiz, mahalliy aholini ijtimoiy nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarini ham davom ettirmoqda. Buxoro viloyati Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham kompaniyaning esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar. Ayrim kam ta’minlangan oilalarga zamonaviy texnika vositalari taqdim etildi. Yurtimiz ravnaqi va ijtimoiy hayotida ishtirok etish biz uchun muqaddasdir va bu borada ishlarimizni boshqa viloyatlarda ham davom ettiramiz”, — deya ta’kidlab o‘tdi Umida Ziyamova, Ucell korporativ aloqalar bo‘yicha rahbari.

ucell_14_10_2013_5

ucell_14_10_2013_6

ucell_14_10_2013_7

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq