Sony smartfonlar kamerasiga fotopristavkani taqdim etdilar

sony_11_10_2013

Sony kompaniyasi Berlinda IFA 2013 ko‘rgazmasida Android va iOS bazasidagi smartfon uchun fotopristavkani taqdim etdi. Kompaniya tomonidan pristavkalar suratlarni fotoapparat suratlari sifati darajasida olinishi ta’kidlanmoqda.

sony_11_10_2013_1

Pristavka o‘z mazmun-mohiyati bilan smartfon korpusiga mahkamlangan alohida fotoapparatdan iboratdir. Qurilmada xususiy matritsa, akkumulyator, xotira kartasi uchun slot va obyektivi mavjud, biroq video-qidirgichi mavjud emas — uning vazifasini smartfon ekrani amalga oshiradi.

Pristavkaning ikki varianti: DSC-QX100 va DSC-QX10 chiqariladi. Birinchisi qimmatbaho bo‘lib, qurilmada 1:1,8 teshikchasiga ega Carl Zeiss obyektivi, 3,6 bora optik zum va 20 megapikselli duymli matritsasi bilan jihozlangan. Ikkinchisi arzonroq bo‘lib, 18 megapikselli matritsa, 1:3,3–1:5,9 teshikchasiga ega 10 bora optik zumli Sony G Lens obyektivi bilan jihozlangan. Fotopristavkaning ishlashi uchun telefonga Sony ilovasi kiritilgan. Uning yordamida qurilma boshqariladi. Pristavka va smartfon Wi-Fi va NFC kanallari bo‘yicha ma’lumotlar almashadi. Birlashtirgich shart emas: pristavka suratga olishi vaqtida korpus smartfondan ajralib ketishi mumkin. Fotopristavka narxi smartfonga qarab: DSC-QX100 500 dollar, DSC-QX10 esa — 250 dollar bo‘lishi mumkin. Sony qurilma uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishga kirishdi.

Manba: www.sony.com

Orphus system