Samsung kichkintoylar uchun Galaxy Tab 3 ishlab chiqardi
11.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Gadjetlar ishlab chiqaruvchilari doim o‘zlarining turli yoshdagi va ijtimoiy mavqedagi xaridorlarini raqamlar olamiga jalb etishga intiladi. Samsung kompaniyasi jahondagi yetakchi kompaniyalar orasida kichkintoylar uchun planshet kompyuterlarini chiqargan birinchi kompaniya hisoblanadi. Bozorda shunday bir qator takliflar mavjud, biroq koreyaliklar ularni talab darajasida yetarli emas deb hisoblaydilar. Shu boisdan, Galaxy Tab 3 Kids versiyasi ishlab chiqarildi, deya xabar beriladi Android Community portali Move Player saytining ilovasida.

tab_11_10_2013

Planshet 1024 x 600 pikselli razresheniyali, 7 duymli displeyga ega. Qurilma 1,2 GGts chastotali taktli ikki protsessorli yadro (albatta, Exynos 4 chipi) bilan jihozlangan, 32 gigabaytgacha hajmli xotira kartasi va 8 gigabayt operativ xotira imkoniyatiga ega. Kompyuter olov rangli himoya gardishli sariq korpusga ega. Gadjet Android Jelly Bean 4.1. OT bilan boshqarilishi mo‘ljallangan, qurilma ta’limiy o‘yin va ilovalar bilan dasturlashtirilib, sotuvga chiqariladi. Afsuski, chiqish muddati aniq ma’lum qilinmagan, planshet «bolalarga xos» himoya xususiyati bilan ta’minlangan.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq