Ricoh Theta kamerasi sferik panoramani suratga olish uchun maxsus loyihalashtirilgan
11.10.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ricoh Theta — illyustratsiyada tasvirlangan shunday nomlanuvchi qurilmadir. IFA 2013 ko‘rgazmasida taqdim etilgan yangi qurilma ishlab chiqaruvchilarining bergan ma’lumotlariga qaraganda, mazkur yangilik jahonda birinchi seriyali kamerali bo‘lib, bir marta suratga olishda sferik panorama suratlariga ega bo‘lish imkonini beradi. Buni amalga oshirish uchun portativ kamera konstruksiyasiga ikki kichik, o‘ta keng burchakli obyektivlar kiritilgan.

ricoh_11_10_2013

Qurilma smartfonga Wi-Fi orqali ulanishi mumkin, bu esa maxsus bepul ilova vositasida olingan suratlarni darhol ko‘rish imkonini beradi. Ilovalar tasvirni tahrir qilish va ularni theta 360.com saytiga yuklash, keyin esa Facebook, Twitter, Tumblr xabarlarida yuklangan panoramani ko‘rish imkonini beradi. Kamera jihozlanishiga Wi-Fi interfeysidan tashqari, GPS priyomnik micro-USB porti ham kiritilgan. Batareya bir marta quvvat olganda 200ta suratga olish jarayonini amalga oshirish mumkin.

42 x 129 x 22,8 mm o‘lchamli va bor-yog‘i 95 gr og‘irlikka ega kameraning bahosi ishlab chiqaruvchi tomonidan $399 dollar etib baholangan. AQSH va ayrim Yevropa mamlakatlarida sotish uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangan. Kamera nafaqat dastlabki iPhone 4S va iPhone 5 smartfonlari, balki iOS 6.0 Ricoh va eng eng yangi versiyalaridagi Theta for iPhone orqali boshqariladigan ilovalar bilan birgalikda ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi yil oxiriga qadar OS Android uchun versiyasini chiqarishni va’da qilmoqda.

Manba: www.ricoh.com

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq