Olimlar Internet odamga salbiy ta’sir etishini isbotladilar

Odamlar real hayotga nisbatan Internetda o‘zlarini tajovuzkor tutishlari haqida ko‘p eshitganmiz. Ayrim mutaxassislar hali o‘zlari tanishmay turib, atayin kompyuter o‘yinlariga va ilovalariga salbiy fikr bildirib, filmlarni yomonlab, tanqidiy taqriz beradilar, kimdir anonim holda qo‘shnisini jinoyatda ayblaydi, sinfdoshlaridan alamini oladi. Bunday fikrlarni cheksiz davom ettirish mumkin.

inet_11_10_2013

Massachuset texnologiyalar instituti olimlari shu ma’noda Weibo tarmog‘idagi 200 ming foydalanuvchining 70 million xabarini tahlil qilib, tadqiqot olib bordilar. Olimlar mazkur xabarlarni 4 toifaga: tajovuzkorlik, darg‘azablilik, qayg‘uli va shodlik mazmundagilarga ajratdilar. So‘ngra mazkur ko‘rsatmalarni jadvalga soldilar. Ma’lum bo‘lishisha eng ommabop emotsiyalar ichi qoralikka oid ekan. Weibo foydalanuvchilari orasida ikkinchi O‘rinda quvonchli xabarlar joylashtirilgan ekan.

Internetdagi xabarlardan shodlikka oidlari havo rang, tashvishlilari yashil rang bilan belgilandi. Eng ko‘p uchraydiganlari salbiy ma’nodagi xabarlar bo‘lib, jadvalda qizil rang bilan belgilandi. Bundan tashqari, bunday xabarlar juda tez tarqalish kuchiga ega, foydalanuvchilarning tanishlari, keyin tanishlarining tanishlari (uch aylana muloqot) o‘zaro mazkur xabarlarni bir-birlariga jo‘natganlar. Ma’lumki, salbiy emotsiyalar «yuqumli» bo‘ladi. Bunday xabarni o‘qigan odam yanada tajovuzkor, badjahl bo‘lib qoladi, begonalarning yomon kayfiyati o‘ziga o‘rnashib qoladi.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system