Jahonda birinchi tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega tennis raketkasi
11.10.2013
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Fransuz ishlab chiqaruvchilari Babolat katta tennisi uchun raketkalarga snaryadlar yaratib, rasman — Play Pure Drive innovatsion yechimlarini, jahonda birinchi tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega tennis raketkasi ishlab chiqardilar.

rak_11_10_2013

Kompaniya rahbari Erik Babolning bergan ma’lumotiga ko‘ra, raketka 10 yillik tadqiqotlar va keng qamrovli tajribalar natijasidir. Tarmoqqa ulanish tennis o‘yinini o‘z o‘yinini kuzatish, imkoniyatlarini baholash, o‘yinlari natijasini boshqalarniki bilan solishtirish hamda boshqa taqdim etiladigan imkoniyatlar evaziga yanada qiziqarli qiladi. Datchiklar raketka ushlagichiga kiritilgan. Snaryad zarba kuchi, yetib borish masofasi joylari, shuningdek, qo‘llanilgan zarbalar turi, jami o‘yin vaqti va boshqalar haqida axborotlarni jamlaydi.

Bu esa o‘yinchilarga chidamlilik va o‘yin texnikalarini tahlil qilish va o‘yin rivojini kuzatish imkonini beradi. O‘yin yakunlangandan so‘ng axborot bluetooth orqali smartfon yoki USB vositasida kompyuterga beriladi. Uni istalgan qurilmada, jumladan, planshetda ko‘rib chiqish mumkin. Tarmoqqa ma’lumotlarni kiritish uchun alohida ilovalardan foydalaniladi. Snaryadli raketka AQSH’da joriy yil dekabr oyidan boshlab, boshqa mamlakatlarda esa kelasi yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Tavsiya etilgan dastlabki narxi — 400 dollarni tashkil etadi.

Manba: www.prnewswire.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq