Inson miyasini yoshartiruvchi poyga simulyatori

sim_11_10_2013

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari guruhi tomonidan miya qarishini sekinlatishga qodir bo‘lgan kompyuter o‘yinlari ishlab chiqildi. Tajriba-sinovda ishtirok etishni xohlagan 60 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan insonlar bilan kuzatishlar olib borildi, natija shuni ko‘rsatdiki, o‘yin boshlaganidan ikki hafta o‘tganidan so‘ng ko‘p vazifali o‘yin keksalarni o‘n ikki yoshli bolalar kabi fikrlashga majbur qiladi.

Olimlar qo‘shimcha vazifali poyga simulyatorini aks ettiruvchi o‘yin yaratdilar. O‘yinda nafaqat joystik yordamida avtomobilni boshqarish, balki ekranda paydo bo‘ladigan ramziy belgilarni darhol ko‘rib, tugmani bosishlari zarur. Shu bilan birga, trassada uchragan belgilarga ham e’tibor qaratishlari kerak. Olimlar aniq bir elementlarga e’tibor bergan holda mashinani boshqarishda miya mashq qilish oqibatida, ko‘pgina vazifalarni hal etishda qarish jarayonini sekinlatishga ta’sir etishiga amin bo‘ldilar.

Mutaxassislar o‘z takliflari bilan 174 nafar ixtiyoriy 20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lganlarni sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar NeuroRacer mutaxassislari tomonidan yaratilgan o‘yinni o‘ynayotganlarida olimlar elektroentsefalogramma tahlilini olib bordilar va miya faoliyatini aniqladilar. Mazkur tajribalar ko‘rsatishicha ko‘plab vazifalarni hal etishda yoshga oid xususiyatlar pasayib, o‘z-o‘zidan miya faollashadi va ozini yaxshi his etadi. Ikki haftadan keyin tahlillar solishtiriganda miya faoliyati yaxshilanganligi ma’lum bo‘ldi.

sim_11_10_2013_1

Batafsil testdan o‘tkazishda 60dan 85 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar sinaluvchi ishtirok etdi, test ko‘rsatishicha virtual mashinani boshqarishda qon bosimi tusha boshladi, lekin o‘yin paytida miyaning o‘ziga xos faoliyati faolligini ham o‘zgartirdi. Tadqiqotchilarning so‘zlari bo‘yicha ekrandagi obyektlarni izlash paytida miya qobig‘ida yuzaga kelidigan elektr tebranishlari ikki haftalik mashqlardan so‘ng ancha kuchaydi. Bundan tashqari, olimlar ko‘ngillilarning o‘yinlarini kuzatganliklaridan keyin yarim yil o‘tgach, yana bir seriya testlarni o‘tkazdilar va ushbu testlar o‘yin natijalari oqibati uzoq vaqt davom etishini aniqladilar.

Shu bilan birga? Ishda ishtirok etmagan qator ekspertlar (ularning baholarini Science Now keltirmoqda) San-Fransiskoda o‘tkazilgan tadqiqotlar juda kam sonli sinov ishtirokchilarini o‘z ichiga olganligini ta’kidlamoqdalar. Shu kabi kuzatilgan ko‘p vazifali topshiriqni bajarish qobiliyati yaxshilanishi umumiy kognitiv qobiliyatlar va amaliy ko‘nikmalar bilan qanchalik bog‘liqligi ham tushunarli emas. Illinoys universiteti professori Artur Kramer natijalarni juda yuqori baholadi, lekin hozircha ular ushbu metod faol hayotda umrni uzaytira oladimi?» degan muhim savolga aniq javob berishga imkon bermasligini ta’kidlaydi. Olimlar tadqiqotlarida foydalanilgan o‘yin zamonaviy o‘yindek takomillashmagan edi, sababi unda avtomobil boshqaruvi yoki boshqa vazifalarni bajarish talab etilardi. Biroq olimlar ta’kidlashicha, ularning NeuroRacerlari birinchi navbatda, keksalarda miya faoliyatini tekshirish vositasidir, shu sababli undagi ortiqcha elementlar sonini sezilarli qisqartirdilar.

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system