Brandodan USB-sichqoncha/skaner

Taniqli Brando gadjetlari onlayn-do‘koni yangi qurilmani — skanerli USB-sichqonchani taqdim etdi. Gadjet yordamida gazetalar, hujjatlar, foto va boshqalar darhol raqamlashtiriladi. Istalgan matn yoki tasvir bir zumda ekranda paydo bo ‘ladi.

usb_11_10_2013

Qurilma matnni bir zumda matn tahrirchisiga uzatish imkonini beradi, bundan tashqari, Google tarjima dasturidan foydalanib, hujjatlar matnini chet tillariga tarjima qiladi. Skaner 64ta tildagi matnlarni o‘qish va tarjima qilishi mumkin. Shuningdek, gadjet skanerdan o‘tkazilgan tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga uzatish imkoniga ega.

usb_11_10_2013_1

Sichqoncha 1200 dpi zichlikka ega lazerli datchiklar bilan jihozlangan. U uchta an’anaviy va bitta skanerdan o‘tkazish tugmalariga ega. Uning uzunligi 114 millimetr bo‘lib, og‘irligi 115 grammni tashkil etadi. Skaner to‘rtta rejim: to‘liq zichlikda (400 dpi), yuqori zichlikda (320 dpi), o‘rta (200 dpi) va past (100 dpi) zichlikda ishlay oladi. Skanerdan o‘tkazish o‘lchami — A3 formatigachani tashkil etadi. Tahrirlash funksiyasi tasvirni yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, yorqinlik va kontrastlilikni o‘zgartirish imkoniga ega. Tasvir saqlanadigan formatlar — PDF/Word/Excel/JPEG /TIFF/PNG/BMP, Flickr/Facebook/Twitter — ijtimoiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash kabilarni tashkil etadi. Skanerli USB-sichqonchani Brando do‘konlaridan sotib olish mumkin.

Manba: http://usb.brando.com

Orphus system