“Bilayn”ning Jizzax, Navoiy va Urganchdagi ofislari endilikda yakshanba kunlari ham ishlaydi

beeline_11_10_2013_2

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Jizzax, Navoiy va Urganchdagi savdo hamda xizmat ko‘rsatish ofislarining ish kunlari jadvaliga yakshanba kunini ham kiritdi.

“Bilayn”ning O‘zbekistonda rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi servisimizni takomillashtirishdan iborat, – deydi “Unitel”ning Markaziy hududiy filialining direktori Dilshod Anarmetov. – Abonentlarga xizmat ko‘rsatish masalalariga biz an’anaviy tarzda jiddiy e’tibor qaratamiz va yangi ish jadvaliga o‘tilishi – buning yana bir isboti”.

Eslatib o‘tamiz, ilgari xuddi shunday ish tartibiga “Bilayn”ning Toshkent, Andijon va Buxorodagi ofislari o‘tkazilgan. Jizzax, Navoiy va Urganchdagi xususiy ofislarning yangi ish tartibi doimiy ravishda amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system