“Bilayn” abonentlari uchun 1 Mbning narxi 2 yil davomida 2 barobar pasaydi
11.10.2013
Rukn: Internet, Mobil aloqa.
Muallif: .

beelineinf_11_10_2013

Salkam 5 yil avval “Bilayn” O‘zbekiston mobil operatorlaridan birinchi bo‘lib 3G tarmoqlarini tijoriy maqsadlarda ishga tushirdi va USB-modemlarni bozorga chiqardi. Aynan shu paytdan mamlakatimiz bo‘ylab tantanali ravishda mobil KPU tarqala boshlandi, u bugungi kunda Tarmoqqa chiqishning eng ommalashgan turi hisoblanadi.

Kimdir Internetdan ko‘proq, kimdir esa – kamroq foydalanadi, kimgadir “Odnoklassniki”dagi “syorfing” uchun kuniga 5 Megabayt yetarli, kimdir esa katta hajmdagi axborotlarni yuklaydi. “Bilayn”da hamma uchun maqbul yechim bor. “Barcha tarmoqda!” kabi ajoyib xizmatlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarning ashaddiy muxlislari uchun yorqin operator keyingi oylar davomida bir nechta noyob takliflarni ishlab chiqdi, ularning orasida respublikadagi ilk haqiqiy cheklanmagan xizmat (hozircha tungi bo‘lsa ham) ham bor.

Tariflar haqida so‘z yuritiladigan bo‘lsa, “Bilayn” mobil intrenet-trafikining 1 Megabaytining oxirgi iste’molchiga bo‘lgan real narxi 2011-2013 yillarning o‘zida roppa-rosa ikki barobar pasaydi. Qolaversa, infografika barchasi haqida ancha oddiy va tushunarli ma’lumot beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq