Android 4.4 operatsion tizimining yangi versiyasi KitKat deb ataladi
11.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

kit_11_10_2013

Ko‘pchilik Googleni o‘z Android mobil operatsion tizimi uchun kod nomi, alifbo tartibidagi shirinliklar nomi sifatida foydalanishini biladi. Ayrim ishqibozlar barcha shirinliklar: Cupcake (1.5), Donut (1.6), Eclair (2.0), Froyo (2.2), Gingerbread (2.3), Honeycomb (3.0), Ice Cream Sandwich (4.0) va Jelly Bean (4.1–4.3) nomini yodda tutadilar — operatsion tizimlarning dastlabki ikki versiyasi mashhur robotlar nomida bo‘lgan, biroq mualliflik huquqi sababli Google ulardan voz kechishiga to‘g‘ri keldi.

Android 4.2 ishlab chiqilgunga qadar Androidni Android 5.0 versiyasigacha yangilanishi haqida xabarlar tarqalishga ulgurgandi. Ingliz tili alifbosidagi «J» harfidan keyingisi Key Lime Pie yanada ajoyib bo‘lishi haqida hech kimda shubha bo‘lmagandi. Ehtimol, Googleda dastlabki davrdan boshlab shunday reja bo‘lgandir, biroq kompaniya operatsion tizimining keyingi versiyasi Android 4.4 KitKat bo‘lishi haqida rasmiy anons mavjud. KitKat nomi shunchaki tanlab olinmagan — Google kompaniyasi Nestle bilan mazkur savdo belgisidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan. Mazkur ishdan Google qanday foyda ko‘rganligi hozircha ma’lum emas, Nestle esa katta miqyosda reklama kampaniyasini amalga oshirdi. Bundan tashqari, kompaniya bir nomdagi shokoladlar maxsus seriyasini chiqarishni mo‘ljallagan, uning qadoqlangan qutisida Nexus 7 yoki Google Play uchun vaucherlar olishga kuponlar bo‘lishi mumkin. Mahsulot 19ta mamlakatda sotilishi rejalashririlgan.

Android 4.4 KitKat Android 4.3 Jelly Bean yangilanganidan keyin chiqariladi. Bir tomondan, operatsion tizim versiyasi bor-yo‘g‘i 0.1ga kattalashtiriladi, biroq boshqa tomondan, nomi ham o‘zgartiriladi. Har holda Android 4.1 Jelly Bean Android 4.0 Ice Cream Sandwichga nisbatan ko‘plab o‘zgarishlarga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Android 5.0 qachon taqdim etiladi, buni bilmaymiz. Shuningdek, Android 4.4 o‘zining barcha yangi funksiyalari bilan rasman taqdim etilishini bilmaymiz, mazkur qurilma va yangi operatsion tizim haqida ma’lumotlar qachon e’lon qilinishi ham noma’lum, biroq Android sohasida yana bir muhim hodisa sodir bo‘ldi. Sandar Pichai ma’lum qilishicha, butun jahon bo‘ylab milliard dona qurilma faollashtirilgan. Bu juda katta raqam — may oyida «bor-yo‘g‘i» 900 million edi. Aprel oyida Erik Shmidt yil oxiriga qadar milliardga yetishi bashorat qilingandi, bu vazifani Android oldinroq amalga oshirdi. Qiziq, operatsion tizimga kelgusida ham shunday keng tarqalish sur’atlari xos bo‘larmikan?

Manba: www.4pda.ru

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq