Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida eng yaxshi maqola uchun TANLOV
10.10.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

epig_10_10_2013

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (Yagona portal) ishga tushganiga 3 oy bo‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida Yagona portal orqali davlat tashkilotlariga 1000 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari kelib tushdi va ularning 700 tasi ko‘rib chiqildi.

Bir vaqtning o‘zida mutaxassislar tomonidan Yagona portalni takomillashtirish bo‘yicha ishlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Yagona portalning kelajakdagi rivojlanishi uchun esa foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari, taklif va e’tirozlarini inobatga olish foydadan xoli bo‘lmaydi. Shu sababli loyiha imkoniyatlarini kengaytirish va Yagona portal foydalanuvchilariga yanada kengroq qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz to‘g‘risida eng yaxshi maqola uchun tanlov e‘lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
I o‘rin — noutbuk
II o‘rin – planshet
III o‘rin – fotoapparat

Go‘liblar uchtaligiga kira olmagan ishtirokchilar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Yagona portalning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan va portal to‘g‘risida a elektron va bosma OAV da chop etilgan maqola mualliflari ham qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun Internet resurslarida chop etilgan maqolaning havolasini yoki bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan materialning elekton nusxasini shu yilning 15 noyabriga qadar info@gov.uz manziliga yuborish lozim.

Eng yaxshi maqola va materiallar UZINFOCOM Markazining xodimlaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan tanlab olinadi. Tanlov natijalari va g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim kuni dekabr oyida e’lon qilinadi.

Diqqat! Sizda Yagona portalning ma’muriyati va ushu resursni yaratishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan suhbat qilish imkoniyati mavjud. Siz Yagona portal bilan bog‘liq o‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishingiz va intervyu o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun 25-28 sentyabr kunlari “Ko‘rgazma savdo markazi” binosida o‘tkazilayotgan ICTExpo 2013 ko‘rgazmasida UZINFOCOM Markazi stendiga tashrif buyuring. Bu Sizga qiziqarli va foydali materiallar tayyorlab, tanlovda ishtirok etish hamda yutuqqa ega bo‘lishingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bu borada Sizga omad tilaymiz hamda qiziqarli, yuqori malaka va o‘tkir did bilan yozilgan maqola va takliflaringizni kutib qolamiz!

Tanlov shartlari:
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi va UZINFOCOM Markazi xodimlaridan tashqari barcha xohlovchilar, shu jumladan professional jurnalist hamda blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

Sovrinlar
1 o‘rin — noutbuk
2 o‘rin — planshet
3 o‘rin — fotoapparat

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan materiallga qo‘yiladigan talablar:
• Tanlov ishtirokchisining materiali bosma va electron OAV (Internet resurslari, gazeta, jurnal, blog, radio va TV)da e’lon qilingan bo‘lishi shart;
• Maqola aynan muallifning o‘ziga tegishli bo‘lishi lozim, ko‘chirib bosilgan materiallar ko‘rib chiqilmaydi;
• Tanlov talablariga javob bermaydigan material O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi va UZINFOCOM Markazi xodimlari tomonidan o‘chirib tashlanadi;
• Har bir material quyida belgilangan mezon bo‘yicha baholanadi.

Baholash mezoni:
1. Yagona portalni ommalashtirish, xizmat turlari va ularning foydalanuvchilarga qulaylik va foydalik jihatlarini ochib berish yoki xizmatlardan foydalanishning noqulaylik tomonlariga tanqidiy yondashuv;
2. Yagona portal orqali va usiz hal qilingan muammoga shaxsiy tajribadan misol;
3. Shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda davlat xizmatlari hamda umuman electron humat bilan bog‘liq vujudga kelgan amalgadi holatning tahlili
4. Barchaga tushunarli bo‘lishi uchun materialning sodda va ravon tilda yozilganligi;
5. Mavjud resursga aniq havola va giperhavola qo‘yilganligi;
6. Materialga skrinshot, diagramma, rasm, chizma va videomaterialning aniq joylashtirilganligi;
7. Yagona portalning boshqa mamlakatlardagi mavjud analoglari bilan taqqoslanganlik darajasi, shuningdek, respublikada elektron hukumatning hozirgi holati va rivojlanish darajasini boshqa davlatlar bilan taqqoslash yordamida to‘liq va keng ko‘lamda yoritilganligi;
8. Ijodiy individuallik, g‘oyalarning o‘ziga xosligi novatorlik va ijodiy yondashuv;

Barchaga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Mazkur tanlov mualliflik iste’dodingizni yuzaga chiqarishingiz uchun qulay imkoniyatdir!

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq