Smartfonlar, WiFi-routerlar va 3G-modemlar – “Beeline Club” ishtirokchilariga
10.10.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Beeline Club” bonusli dasturining ishtirokchilariga o‘z ballarini smartfonlar, 3G-modemlar va WiFi-routerlarga almashtirish imkonini taqdim qiladi.

“2010 yilda ochilgan “Beeline Club” shu kunga qadar o‘ziga xos noyob hodisa bo‘lib qolmoqda, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Kompaniyaning millionlab abonentlari allaqachon mazkur dasturning hammabopligini hamda afzalliklarini baholab bo‘lishgan. Barchasi oddiy: mijozlar xizmatlramizdan foydalangan holda, bonuslarni to‘playdilar va endilikda ularni nafaqat daqiqalar paketi, SMS va Megabayt, balki rasm bo‘lgan devayslarga ham almashtirishlari mumkin”.

Yetarli miqdorda ball to‘plagan raqam egasi ballarni almashtirish uchun pasport hamda STIR bilan kompaniyaning ochiq ofisiga murojaat qilishi lozim.

• 3G-modem MF 190S+ = 8 000 ball
• WiFi-router E-5830 = 10 000 ball
• Samsung Galaxy S Plus = 15 000 ball
• Samsung Galaxy S II = 20 000 ball
• Samsung Galaxy S III = 25 000 ball

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn”ning har bir mijozi, *777# bepul so‘rovini jo‘natan holda “Beeline Club” ga ulanishi hamda sovg‘a tariqasida ilk 20 bonusli ballarni olishi mumkin. Keyingi ballar “Bilayn” xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun qo‘shiladi: dasturning ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilari telefonda muloqot qilgan holda nafaqat xarajat qiladilar, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Aksiya 31 dekabrga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq