“Zo‘r-Zo‘r Star” teleloyihasi “TEFI-Sodrujestvo” festivalining oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Zo‘r-Zo‘r Star” televizion loyihasi “TEFI-Sodrujestvo” III Xalqaro televizion festivalining maxsus sovrini bilan taqdirlanganligi haqida xabar beradi. Tantanali marosim 2013 yil 20-23 sentabr kunlari Odessada bo‘lib o‘tgan.

Jami festivalning maxsus sovrinlari bilan ishtirokchilarning 12 ta dasturi, shu jumladan Forum-TV va NTT kanallarida namoyish etilgan O‘zbekistondagi ilk musiqiy televizion loyiha “Zo‘r-Zo‘r Star” ham taqdirlandi. Festivalning Xalqaro ekspertlar kengashi tarkibiga O‘zbekiston vakili bo‘lib mashhur teledasturlar muallifi va boshlovchisi Shahnoza G‘anieva kiritilgan.

zor_9_10_2013

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Teleakademiklarga “Zo‘r-Zo‘r Star”ni bu kabi baholaganliklari uchun minnatdormiz. Kompaniyamiz va “Fond Forum”ning mazkur noyob tanlovni yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlari eng asosiysi – tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi hamda yoshlar orasida shuhrat qozondi. Biroq, “TEFI” sovrini loyihani amalga oshirilishining yuqori darajasini, shuningdek uning nafaqat O‘zbekiston , balki MDH doirasida ham noyobligini tasdiqladi”.

“Zo‘r-Zo‘r Star” yoshlarning musiqiy televizion loyihasi — O‘zbekistonda bu xildagi ilk ulkan televizion shou. “Bilayn” va Fond Forum uning tashkilotchilari.

7 iyun kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida teleloyihaning Gala-konserti bo‘lib o‘tgan, u yerda yakuniy SMS-ovoz berishning natijalari e’lon qilingan. G‘olib hamda “Zo‘r-Zo‘r Star” unvonining sohibi 63445 ta ovoz to‘plagan Ulug‘bek Holiqov, deb tan olingan. Loyiha shartlariga ko‘ra, u yakkaxon albom yozish, klipni tasvirga olish, shuningdek prodyuserlik markazi bilan shartnoma tuzish imkonini qo‘lga kiritgan.

“TEFI-Sodrujestvo” III Xalqaro televizion festivali “Akademiya Rossiyskogo televideniya” Jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan. Tadbir Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi (DGHJ), Rossiya Federatsiyasi Matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar federal agentiligi hamda Odessa viloyati gubernatori ko‘magida tashkil etilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system