“Bilayn” o‘z serverlaridagi “Counter Strike” bo‘yicha onlayn-turnir ishtirokchilarini ro‘yxatga olish muddatini uzaytiradi
09.10.2013
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

coun_9_10_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniya serverlaridagi “Counter Strike 1.6” kompyuter o‘yini bo‘yicha onlayn-turnir ishtirokchilarini ro‘yxatga olishni 20 oktabrga qadar uzaytirmoqda. Barcha “Beeline Cup 2013” musobaqalariga qo‘shilishni istaganlar www.bforum.uz saytida tegishli mavzuda ariza berishlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Beeline Cup 2013” turnirida “Counter Strike” bo‘yicha ishtirok etishni istaganlarning soni ko‘p, shunday ekan, ro‘yxatga olish muddatining uzaytirilshi mantiqiy qadamga aylandi. Butun mamlakat bo‘ylab minglab geymerlar uylaridan chiqmay turib, O‘zbekistonning eng yaxshi jamoasini aniqlash kabi ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar. Ularga yorqin g‘alaba hamda unutilmas taassurotlarni tilaymiz!”

Turnir haqida batfsil ma’lumot va uning qoidalari http://bforum.uz/showthread.php?2434-Counter-Strike-1-6-Beeline-Zo-r-Zo-r-Cup da.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq