“Bilayn” – Lara Fabian konsertining Bosh homiysi

lara_8_10_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) jahon sahnasining yulduzi Lara Fabian konsertining Bosh homiysi bo‘ldi. Mashhur qo‘shiqchining chiqishi 27 oktabr, “Art Week Style.uz 2013” San’at haftaligining yopilishi kunida “Istiqlol” Saroyining sahnasida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur voqeani sharhalar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “O‘zbekiston aholisiga Lara Fabian bilan uchrashuvni tuhfa qilish biz uchun katta sharaf. “Bilayn” an’anaviy tarzda “Art Week Style.uz”ning hamkori bo‘ladi, Haftalikning tashkilotchilari har yili g‘aroyib taassurotlarni sovg‘a qiladi va men ishonaman-ki, bu yil ham bizni unutilmas tomosha kutmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, Lara Fabian kosertiga chipatlarning katta qismi xayriya tarzida iste’dodli musiqachilar, talabalar, yosh dizaynerlar va boshqa ijod namoyondalari orasida tarqatiladi.

Batafsil ma’lumot www.style.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system