“Bilayn” serverlarida “Counter Strike” onlayn-turniri ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniya serverlarida “Counter Strike 1.6” kompyuter o‘yini bo‘yicha onlayn-turnir ishtirokchilarini ro‘yxtaga olishni boshladi. Barcha “Beeline Cup 2013” musobaqalariga qo‘shilishni istaganlar 10 oktabrga qadar www.bforum.uz saytida tegishli mavzuda ariza berishlari mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn”ning “Counter Strike” bo‘yicha an’anaviy birinchiligi har yili butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘nlab jamoalarni birlashtirgan holda, yettinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Madomiki, yaqinda yakunlangan “Zo‘r-Zo‘r UCG” O‘zbekiston chempionati doirasida ushbu o‘yin bo‘yicha musobaqalar faqatgina Toshkentda o‘tkazilgan ekan, barcha istovchilar ularda ishtirok eta olmadilar. Shunday ekan, Counter Strike muxlislariga turnirga chiqmay turib, yana bir marotaba mamlakatning eng yaxshi jamoasini aniqlash imkonini beramiz”.

Turnir haqida batafsil ma’lumot hamda uning qoidalari http://bforum.uz/showthread.php?2434-Counter-Strike-1-6-Beeline-Zo-r-Zo-r-Cup da.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system