“Bilayn” abonentlari “Muloqotdan ZZavqlan!” aksiyasi yordamida millionlab bonusli daqiqalar, SMS va Megabaytlarga ega bo‘ldilar

Zo‘r-Zo‘r yoshlar brendi va Pepsi “Muloqotdan ZZavqlan!” hamkorlikdagi loyihaning oraliq yakunlarini sarhisob qilishmoqda. Aksiya doirasida 0,5, 1 va 1,5 litrli idishdagi “Pepsi”, “Mirinda” hamda “7Up” sovuq ichimliklarini harid qilgan “Bilayn” abonentlari kafolatlangan bonuslardan birini oladilar.

beeline_4_10_2013

“O‘tgan 3 oyda “Bilayn” abonentlari bonuslar shaklidagi 6 000 000 daqiqa, 25 000 000 SMS va 3 000 000 Megabaytlarni aktivlashtirdilar, – deydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Ikkita yosh brendning hamkorlikdagi aksiyasi katta talabga egaligini guvohi bo‘ldik va yangi avlodni hayratda qoldirib, xursand qilishda davom etish niyatidamiz”.

Eslatib o‘tamiz, aksiyada ishtirok etish uchun 2013 yil 30 noyabrga qadar aksiyasning “Muloqotdan ZZavqlan!” promo-yorlig‘i yopishtirilgan mahsulotni xarid qilish, qopqoqning ichki tarafidagi noyob 16-xonali kodni topish va mobil telefondan *104* kod # USSD-komandasini terish lozim. Aksiyaning har bir ishtirokchisi kafolatlangan sovg‘alardan birini – tarmoq ichida bepul 5 daqiqa, 10 ta tarmoq ichidagi SMS yoki 5 Megabaytni qo‘lga kiritadi.

Tarmoq ichidagi bepul daqiqa paketlari va SMS 7 kunlik, bepul megabayt paketlari – 30 kunlik muddatga beriladi. Bir xil ko‘rinishdagi bonus yutib olinganida, paketlar birlashtiriladi va muddatlar uzaytiriladi. “Muloqotdan ZZavqlan!” aksiyasida oldindan to‘lov tizimidagi musbat balans bilan aktiv statusda bo‘lgan barcha “Bilayn” abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.pepsi.com.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system