“Bilayn” bilan qanday bog‘lanish mumkin? Bu oson!

beelineinf_3_10_2013

“Bilayn” an’anaviy tarzda servis xizmatlariga alohida e’tibor ajratadi, bu asosan O‘zbekistonning eng yirik opeartori bilan aloqa qilishning misli ko‘rilmagan turfa xil imkoniyatlarida ko‘zga tashlanadi. Odatiy bepul 0611 raqamidan tashqari ko‘p yillardan beri 0612 tijorat liniyasi, STATUS abonentlari va Beeline Club imtiyozli karta egalari uchun esa – 10 soniya ichida ulanishi kafolatlangan 0777 raqami amal qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya call-markazi bilan shahar telefonidan 185-00-55 raqamini tergan holda ulanish mumkin.

Biroq, bu hali hammasi emas: mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati operatorlariga help@beeline.uz eletkron manzili orqali osongina ariza berish mumkin. www.0611.beeline.uz “Onlayn-konsultant” noyob chati “Bilayn” mutaxassislari bilan virtual muloqot qilish imkonini beradi.

2010-2011 yillarda yorqin brendning eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari yaratildi. Bugungi kunga kelib, “Bilayn”ning minglab abonentlari www.facebook.com, www.odnoklassniki.ru va www.twitter.com da o‘zlarini qiziqtirgan savollariga muntazam javob olib kelmoqdalar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system