“Bilayn” salonlarida yangi modali Samsung smartfonlarining savdosi boshlandi

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompaniyaning rasmiy salonlarida sotilayotgan Samsung Galaxy smartfonlari qatorini kengaytirmoqda. Endilikda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida jozibador narxlarda “Samsung Galaxy SIII Mini” va “Samsung Galaxy Ace 2” “Bilayn”dan bonuslar bilan birga sotilmoqda.

“Abonentlarimiz eng yaxshi servis va eng ilg‘or devayslarga sazovordirlar, biz esa, istalgan didga mos uskunalarni taklif qilgan holda, ularga tanlash erkinligini taqdim etishga intilamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Ishonaman-ki, yangi Samsung smartfonlari ham o‘zining imkoniyatlari, ham a’lo darajadagi bonuslari bilan “Bilayn” mijozlarini xursand qila oladi”.

beeline_30_09_2013

“Samsung Galaxy SIII Mini” bahosi – 899 000 so‘m; “Samsung Galaxy Ace 2” – atigi 699 000 so‘m. Uskuna xarid qilinganida abonentga yarim yil davomida tegishli ravishda har oy 200 Mb yoki 100 Mb bonus, shuningdek “Gold” darajasidagi “Beeline Club” imtiyozli kartasi beriladi.

Smartfonlarni naqd pul va bank plastik kartalari vositasida xarid qilish mumkin. Kafolat muddati – xarid qilingan kundan boshlab 1 yil. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system