FIFA13 bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining e-sport bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi aniqlandi

ucg_27_09_2013

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning FIFA13 turi bo‘yicha yakuniy o‘yinlarining natijasini e’lon qiladi. Bugun ICTExpo XII Xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasining sahnasida “World Cyber Games 2013” Jahon chempionatining saralash bosqichi yakunlandi. Unda noyabr oyida bosh jahon turnirida ishtirok etadigan mamlakatimiz terma jamoasining tarkibi aniqlandi.

“Osiyo O‘yinlaridagi milliy virtual futbolning g‘alabasidan so‘ng va FIFA13 Jahon chempionatining rasmiy o‘yinlari ro‘yxatiga kiritilgani hisobga olingani holda, bugungi final obyektiv tarzda turnirning eng yuqori nuqtasiga aylandi, – qayd qildi “Uzbekistan Cyber Games” Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – Ketma-ket ikki yil “Kelajak Ovozi”ning faol ko‘magi ostida respublikada e-sport rivojlanmoqda, shunday ekan “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” kibersportimiz tarixida allaqachon eng katta hodisaga aylangan. Buning uchun biz “Bilayn”dan juda minnatdormiz. Va’da beraman, geymerlarimiz Xitoyda munosib ishtirok etadilar”.

ucg_27_09_2013_1

Eslatib o‘tamiz, WCG 2013 Jahon chempionatiga bo‘lgan ikkita yo‘llanmadan bittasini “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” bosh hakami, amaldagi Osiyo chempioni Pavel Saprikin qo‘lga kiritdi. Ikkinchi yo‘llanmani qattiq kurashda poytaxtdagi bosqich g‘olibi Abdusoli Qayumov yutib oldi.

ucg_27_09_2013_2

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Joriy yilda ICTExpo ilk bor xalqaro forum kabi o‘tkazilmoqda va WCG ramzi ostidagi turnir yilning bosh AKT-hodisasining yangi mavqeini alohida ta’kidladi. Geymerlarimizning jahon sport arenasidagi muvaffaqiyatlari – bu ko‘p ma’noda “Bilayn” O‘zbekistonda amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashayotgan, jamiyatni dinamik tarzda kompyuterlashtirish va internetlashtirish jarayonining natijasi. Ishonaman-ki, biz bugungi kunda eng kuchli e-sportchilardan mamlakatimizning terma jamoasini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik, shunday ekan, keling ularga Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilaylik!”

FIFA13 turida yakuniy uchrashuvlar natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining kumush medalini Sardor Boboqulov, “bronza”ni esa Kirill Tulyaganov oldi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system