“Bilayn” ICTExpo 2013 ko‘rgazmasining yakunlari bo‘yicha ikkita mukofotga ega bo‘ldi
28.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori (“Unitel” MCHJ va Buzton QK MCHJ) ICTExpo 2013 XII Xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi yakunlari haqida xabar beradi. AKT sohasidagi eng yirik hodisa yakunlari bo‘yicha kompaniya tashkilotchilardan ikkita nufuzli nominatsiyada mukofotlarni oldi: “Eng yaxshi stend dizayni” va “Eng yaxshi stend personali ishi”. Bu nafaqat operatorning texnologiyalar namoyishiga innovatsion yondashuvini, balki “Bilayn”ning birinchi navbatda mijozlarga xizmat ko‘rsatishga qaratayotgan e’tiborini ham aks ettiradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Noyob “Bilayn” stendi yana bir bor ham eng tajribali mehmonlarni eng mukammal texnologikligi, ham tashrifchilarga bo‘lgan ijobiy munosabati bilan hayron qoldirdi. O‘ylayman-ki, ekspert va OAVning ekspozitsiyamizga bo‘lgan misli ko‘rilmgan e’tibori hamda “ICTExpo”ning hamma ish kunida yoshlarning katta oqimi aynan shu bilan izohlanadi. Shu uch kun ichida o‘z mehnati, faolligi yoki, hatto, o‘zining mehmon sifatidagi tashrifi bilan takrorlanmas bayram muhitini yaratishga yordam bergan barcha ishtirokchilarga rahmat!”

beelineaw_27_09_2013

“Bilayn” ICTExpo da stendidan tashqari ko‘plab interaktiv zonalari bilan taqdim etildi. Ular uchinchi kuni hammaga tanish Zo‘r-Zo‘r rusumida bezatilgan “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining bosh sahnasi bilan to‘ldirildi. Aynan o‘sha yerda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning hal qiluvchi musobaqalari o‘tkazildi. Uning natijalari bo‘yicha Xitoyda o‘tkaziladigan WCG 2013 e-sport bo‘yicha Jahon chempionatining O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi aniqlandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq