“DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi 28 sentabr kuni aniq bo‘ladi
27.09.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 28 sentabr kuni e-sport bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining “DotA AllStars” turidagi yakuniy o‘yinlari o‘tkazilishi haqida xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, UCG Tashkiliy qo‘mitasining rahbari Aleksandr Suchkov shunday dedi: “Rotastiya tamoyili bo‘yicha “DotA AllStars” strategiyasi mazkur mavsumda UCG ning asosiy jamoaviy turiga aylandi. Ushbu o‘yin bo‘yicha turnirlar O‘zbekistonning oltita shaharida o‘tkazildi va hech mubolag‘asiz, unda barcha viloyatlardan bo‘lgan geymerlar ishtirok etishdi. Endilikda bizning vazifamiz – eng kuchlilarning ichidan eng saralarni aniqlashdan iborat: 28 sentabr kuni milliy birinchilikning oltin medallari kimga nasib qilishini bilib olamiz”.

“Zo‘r-Zo‘r UCG 2013” O‘zbekiston Chempionatining finalida respublikaning eng kuchli 8 ta jamoasi ishtirok etadi: “Mix5” (Buxoro), NKS (Nukus), SP (Samarqand), NGU (Qarshi), XXX (Farg‘ona), shuningdek “Veni Vidi Vici”, “Temniy Lowadka” va “Sky Sh1TANK” (Toshkent).

Yakuniy turnir 28 sentabr, shanba kuni soat 09:00 da boshlanadi (“Chexov 7” klubi).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq