“Bilayn” abonentlariga aloqada yanada ko‘proq qolishga imkoniyat beradi
27.09.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 27 sentabrdan 1 oktabrga qadar balans minus $0,50 bo‘lgunicha aloqada qolish imkonini beradi.

“Biz o‘z mijozlarimizga ishonamiz va kelasi dam olish kunlari va bayramlarda o‘zlarini qulay his qilishlarini istaymiz, — deydi Unitel tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Odatda bunday paytlarda muloqot faollashadi va hisobni tezkorlik bilan to‘ldirish imkoni bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun yaqin kunlarda “Bilayn” abonentlari manfiy balansda ham hizmatlardan foydalanishlari mumkin”.

Aktsiya 1 oktabrga qadar “Yangi O!” va “O!” tarif rejalari abonentlari, 30 sentabrga qadar oldindan to’lov hisobidagi “STATUS Gold” va “STATUS Platinum” tarif rejalaridan tashqari qolgan barcha tarif rejalaridagi abonentlar uchun amal qiladi.

Aktsiya maxsus ulanishni talab qilmaydi va avtomatik tarzda amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq